Biz uchun ajratilgan xonadon kalitini qo‘limga tutqazishganda, avvaliga ishongim kelmadi. "Tush emasmi?" deb o‘zimni chimchilab ko‘rdim, degan gaplarni eshitardimu, shunaqasi ham bo‘larkanmi, deb hayron qolardim. Bo‘lar ekan. Mana, o‘zim hozir shunday ahvoldaman. Endi bizning ham o‘z uyimiz bor. Bu erda bir oila baxtiyor yashashi uchun barcha qulaylik muhayyo. Xursandchiligimning cheki yo‘q.
Bu Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi Malohat Yoqubovaning dil so‘zlari.
Malohat Yoqubova uch farzandi bilan shu paytga qadar uy-joysiz, ijarada yashab kelgan. Bir farzandi nogiron. Yillar davomida yordam so‘rab tegishli idoralarga qilgan murojaatlari e’tiborsiz qolgan. Bu orada farzandining salomatligi yanada yomonlashgan. Oxiri tuman Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan. Uning murojaati tez fursatda o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Qarshi tumanidagi kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan ko‘p qavatli uylardan bir xonadon berildi. Farzandining salomatligi muhofazaga olindi. Ko‘rsatilgan bunday g‘amxo‘rlikdan onaning ko‘zlarida quvonch yoshlari qalqdi.
Kasbi tumani Xalq qabulxonasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida jami 635 murojaat qabul qilingan. Ularning 440 tasi tegishli mutasaddi idoralar bilan birgalikda ijobiy hal etilgan. Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda 448 murojaatning 280 tasiga joyida echim topilgan. Tumandagi 4 sektor rahbarlari bilan hamkorlikda ish yuritilayotgani muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va bartaraf etishda yaxshi samara bermoqda
– Asosiy e’tibor sayyor qabullar orqali aholining keng qatlamini qamrab olish, muammolarni echish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga qaratilgan, – deydi Kasbi tumani prokurori Baxtiyor Ismatov. – Shundan kelib chiqqan holda, tuman Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va tasdiqlangan jadval asosida har bir hududda doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda. Aholiga qulay joylarda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda ularning muammolari joyida hal etilayotir. Masalan, tuman prokuroriga biriktirilgan hududda joriy yilning o‘tgan davrida 59 marta sayyor qabul tashkil qildik va muammolarning aksariyatini joyida hal etishga erishdik.
Har qanday islohot zamirida inson manfaati, uning turmushi farovonlashuviga xizmat qiluvchi g‘oyalar yotadi. Kasbi tumani Xalq qabulxonasi faoliyatida ham bu jihatlar o‘z ifodasini topmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |