O‘zbekiston xotin-qizlar Qo‘mitasining eshiklari doim ochiq. Ayollarimizni tinglab, ularga ko‘maklashishga, qo‘llab-quvvatlab, ular duch kelayotgan muammolarni hal qilishga tayyor.
Har kuni qo‘mitaning fuqarolik bo‘limiga yuzlab arizalar kelib tushadi. Haftaning har payshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Elmira Bositxonova tomonidan ariza bilan murojaat qilayotgan fuqarolar shaxsan qabul qilinadi.
Navbatdagi fuqarolarni qabul qilish kuni davomida E.Bositxonova mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 52 ayol bilan uchrashib, ularning taqdir va dardlari bilan tanishdi.
Qo‘mita raisi har bir ayolni alohida e’tibor va hamdardlik bilan tingladi... Arizalarning aksariyati bo‘yicha shu kunning o‘zidayoq tegishli tashkilotlarga murojaatnomalar yuborildi.
“Mansabni har kuni odamlarga yaxshilik qila olish imkoniyati deb bilaman”, deydi E.Bositxonova.
Respublikamizda ayollarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etishni ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shunga qaramay, bir qator tizimli muammolar bu borada muhitni mustahkamlash va yaxshilashning samarali mexanizmlarini yaratishga to‘sqinlik qilmoqda.
Mas’uliyat – muvaffaqiyatning muhim omilidir. O‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish – samimiy mehnat, mas’uliyat bilan qabul qilingan qaror, berilgan va’dalarga rioya qilish, natijaga erishish uchun qo‘shimcha mehnat qilish – har bir rahbarning eng muhim vazifasidir!
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |