2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijonda oʻtgan yili qancha kilometr avtomobil yoʻli taʼmirlandi?

Andijon viloyatida 2019-yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida 468,1 kilometr avtomobil yoʻllari taʼmirlandi. Shundan, 135,8 kilometri asfaltlat qilingan boʻlsa, 332,3 kilometriga shagʻal yotqizildi.

Har bir hududning qiyofasiga koʻrk bagʻishlovchi jihat oʻsha goʻshaning yoʻllari hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizning barcha joylarida obodonchilik, bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yoʻllar qurish, mavjud yoʻllarni taʼmirlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Koʻplab yoʻllar joriy va kapital taʼmirlanib, yangi-yangi yoʻllar barpo etilmoqda. Mazkur yoʻnalishda Andijon viloyat avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi tizimidagi Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati davlat unitar korxonasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunda Andijon viloyatida 2463 kilometr umumfoydalanuvdagi, jumladan, 103 kilometr xalqaro, 800 kilometr davlat, 1 ming 560 kilometr mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari, shuningdek, tuman va shahar yoʻl boshqarmalari tasarrufida 1 ming 40 kilometr ichki, shahar va boshqa aholi punktlarida 9 ming 109 kilometr avtomobil yoʻllari mavjud.

 

4.jpg


– Viloyatimizda turli toifadagi yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Andijon viloyati avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi Toʻlqinjon Qoraboyev. – Birgina oʻtgan yilning oʻzida Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda mahalliy byudjet hisobidan 71 milliard 134 million soʻm mablagʻ sarflanib, 1 ming kilometr umumfoydalanuvidagi avtomobil yoʻllari taʼmirlandi.

Viloyatda 2017-yilga qadar bir yil davomida atigi 100 kilometr ichki yoʻllari taʼmirlangan boʻlsa, 2017-2018-yillarda bu koʻrsatkich 1 ming 3 kilometrni, 2019-yilning oʻzida esa esa qariyb 1 ming kilometrni tashkil etdi.

“Obod mahalla” dasturi doirasida Andijon va Xonobod shaharlaridagi tanlab olingan 6 ta mahalla hududidagi yoʻllar, shuningdek, tuman va shaharlardagi 41 ta koʻchada rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

 

2.jpg


– Koʻchalarimiz yozda chang, qishda loyligidan odamlar yurishga qiynalar, bu masalada aholidan yuqori tashkilotlarga juda koʻp murojaatlar boʻlar edi, – deydi Xoʻjaobod tumanidagi Koʻprikboshi mahalla fuqarolar yigʻini raisi Dilmurod Zunnunov. – “Obod qishloq” dasturi doirasida mahallamiz yanada obod boʻldi, Umumiy uzunligi 11,5 kilometr boʻlgan 5 ta koʻchamizdagi yoʻllarning 6,8 kilometr masofasi shagʻal toʻshaldi, 4,7 kilometr qismi asfaltlandi. Bundan fuqarolarimiz behad mamnun boʻldi.

Oʻtgan yili viloyatdagi 263 ta koʻchada 189,5 kilometr masofadagi ichki yoʻllar taʼmirlandi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun qariyb 32 milliard 757 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Ichki yoʻllar taʼmirlash ishlarining sifatli bajarilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Sifatni nazorat qilish uchun viloyat hokimligi, mutasaddi tashkilotlar, davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi, nazorat-taftish boshqarmasi, moliya, loyihalash tashkilotlari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tashkil etilgan. Ushbu guruh tomonidan bajarilgan ishlarning sifati doimiy nazorat qilib borildi. Bu ishga keng jamoatchilik ham jalb etildi.

 

3.jpg


Yoʻllar chetlarini, yoʻl oldi hududlarini obodonlashtirish borasida ham tuman, shahar hokimliklari, obodonlashtirish boshqarmalari, hududiy avtoyoʻl korxonalari tomonidan qator ishlar olib borildi. Bir qator yoʻllarning ikki chetida yurish yoʻlakchalari barpo etildi, yoʻllar va yoʻlakchalarga zamonaviy yoritgichlar oʻrnatildi. Birgina oʻtgan yili yoʻl chetlariga 40 ming tup manzarali daraxt va butalar, 1 million tupdan ortiq gul koʻchatlari ekildi.

Bundan tashqari, “Obod tuman markazi” dasturiga asosan Marhamat tumanida 24 kilometr yoʻldan 18,4 kilometri asfaltlanib, 5,6 kilometr qismiga shagʻal yotqizildi. “Ichki yoʻllarni taʼmirlash” dasturi boʻyicha 12 ta koʻchada 7,6 kilometr masofada yoʻllar taʼmirlandi. Boʻz tumanida esa 13,1 kilometr yoʻl taʼmirdan chiqarildi.

 

6.jpg


– Marhamat tumani markazidagi 18 ta koʻcha kengaytirilib, taʼmirlandi, – deydi tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori Shavkatbek Ergashev. – Bu nafaqat avtomobillarni xavfsiz harakatlanishini taʼminlamoqda, balki aholiga ham katta qulaylik yaratdi.

Umuman, “Obod qishloq” dasturi boʻyicha tanlab olingan mahallalarda yashovchi fuqarolarning murojaatlari, talab va istaklari inobatga olinib, belgilangan rejaga qoʻshimcha 7,7 kilometr yoʻl taʼmirlandi. Bajarilgan ishlar avvalgi yilga nisbatan 140 foizga ortdi.

 

5 (1).jpg

23.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar