2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi

Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, ularning qonuniy talablari, soʻrov va takliflarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz tomonidan tashkil etilgan mazkur idoraning amaliy koʻmagi bilan koʻplab yurtdoshlarimiz oʻzlarini yillar davomida qiynab kelayotgan turli muammolarga yechim topmoqda. Eng muhimi, murojaatlar tegishli tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida qonuniy va adolatli hal etilayotgani odamlarning hayotdan rozi boʻlib yashashi, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanishida muhim omil boʻlayotir.

 

Mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, shuningdek, odamlarning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.

 

Joylardagi ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur oʻrganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatidan yangi va samarali shakllari joriy etildi. Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, hokimlar va turli idoralar mutasaddilarining joylarda sayyor qabullar oʻtkazayotgani ham bu borada yaxshi samara bermoqda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabul ham ana shunday tadbirlardan biri boʻldi. Unda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA bosh direktori oʻrinbosari Jumanazar Meliqulov murojaatlarni tingladi.

 

Sayyor qabulda fuqarolar bankdan oʻzlariga tegishli boʻlgan pul mablagʻlari – omonatlarini olishda ayrim muammolar uchrayotgani, nafaqa pullari, tumanda kutubxona yoʻqligi, yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan murojaat qildi.

 

–Ikki nafar farzandim bor, kattasi 14, kichigi 2 yoshda, – deydi tumandagi Ahillik mahallasida yashovchi Zilola Xoʻjayeva. – Tuman pensiya jamgʻarmasi 2 yoshli farzandimga bolalar nafaqasini bermayapti. Moliya boʻlimi chiqarib bermagan, ular chiqarib bersin, keyin toʻlaymiz deb, 2 oydan buyon ovora qilishadi. Bugungi sayyor qabulda bu masala tegishli mutasaddilar ishtirokida joyida hal etilganidan xursandman. Tushdan keyin keling, beramiz, deyishdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan turli idora rahbarlarining joylarda oʻtkazayotgan mana shunday uchrashuvlari odamlarning muammosini tez hal qilishda juda samarali boʻlmoqda. Buning uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.

 

Mamlakatimizda yoshlarning taklif va muammolarini oʻrganishga, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotir.

 

–Men Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida sirtdan tahsil olaman va ayni paytda tumandagi 40-umumtaʼlim maktabida yoshlar yetakchisi vazifasida ishlayman, – deydi Charosxon Shodmonova. – Tumanimizda tashabbuskor va ijodkor yoshlar koʻp. Ana shunday bir guruh isteʼdodli yoshlarning turli yoʻnalishlarda vatanparvarlik ruhida yozgan maqolalarini jamlab, kitob shakliga keltirdim. Universitetda kontrakt asosida oʻqiyman, shuning uchun uni kitob holida chop etishga imkoniyatim yoʻq. Shu kitobimni chop etishga homiylik yordami soʻrab murojaat qilgan edim. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari shu yerning oʻzida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashidan homiylik qila olish-olmasligini soʻradi. Yoshlar ittifoqi bu masalani hal qiladigan, tuman hokimligi ham koʻmak beradigan boʻldi. Kitobning chop etilishi sirdaryolik ijodkor yoshlar uchun yana bir ragʻbat boʻladi.

 

Hududda kutubxona tashkil qilish borasida murojaat qilgan fuqarolarga mutasaddilar tuman markazidan zamonaviy loyiha asosida 2 qavatli kutubxona barpo etilishi rejalashtirilganini aytishdi. Joriy yil ushbu kutubxona qurib, foydalanishga topshirilishi maʼlum qilindi.

 

Murojaatlarning 10 ga yaqini joyida hal qilindi, 5 ta masalada fuqarolarga tushuntirish berildi.

24.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar