2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkent shahar hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.

2019-yil 27-dekabr kuni Prezidentimizning Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan oʻtkazgan uchrashuvi tarixiy voqelik sifatida oʻzbekistonlik yoshlarning qalbida abadiy muhrlanadi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

 

Mazkur uchrashuvda Prezidentimiz yoshlar masalasiga alohida toʻxtalib, “Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boʻladi” degan soʻzlari har bir vatanparvar inson, barkamol avlod uchun ozod va obod Vatan qurish, erkin va farovon hayot barpo etish yoʻlidagi ezgu maqsadlariga turtki boʻladi desak, aslo xato qilmagan boʻlamiz.

 

“Kitob olami” savdo doʻkonida joylashgan kovorking markazida Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev poytaxt yoshlari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvini oʻtkazdi.

 

Uchrashuvda poytaxtdagi taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabari, yosh tadbirkorlar va boshqa yetakchilardan iborat 50 dan ziyod yigit-qiz va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi masʼul xodimlar ishtirok etdi.

 

Erkin, oʻzaro muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda yoshlarning taklif, istaklari va muammolari tinglandi.

 

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Nodir Inoyatov “Yashil tashabbus-2020” ekofestivalini tashkil etish hamda “Fayzli Toshkent” loyihasiga yosh volontyorlarni jalb etish, Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi talabasi Avazxon Xoshimov tomonidan “Toshkent maqom” festivalini tashkil etish takliflari bildirildi.

 

Shu bilan bir qatorda yoshlar tomonidan IT yoʻnalishidagi startaplarni qoʻllab-quvatlashga qaratilgan “IT-Tashkent” loyihasini amalga oshirish, iqtidorli va jamiyat faoliyatida faol ishtirok etayotgan yoshlar uchun “Toshkent shahar hokimi stipendiyasi”ni joriy qilish, kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida volontyorlar guruhini tashkil qilgan holda “Toshkent kitob oʻqiydi” aksiyasini oʻtkazish,

 

OTM talabalari oʻrtasida “Talabalar bahori” festivalini tashkil etib, poytaxtda oʻquvchilar, talabalar, volontyorlar hamda uyushmagan yoshlarni orzu va istaklariga binoan barcha qulayliklarga mos va xos boʻlgan zamonaviy “Yosh gʻoyalar markazi”ni barpo etish takliflarini ilgari surishdi.

 

Yoshlar tomonidan bildirilgan barcha taklif va mulohazalar Toshkent shahar hokimi tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, masʼullarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi shahar hokimligi tomonidan nazoratga olinishi bildirib oʻtildi.

 

Yoshlar bilan uchrashuvlar muntazam oʻtkazib boriladigan boʻldi.

27.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar