2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Barcha islohotlar yoshlarning yorug‘ istiqboliga xizmat qiladi...

Davlatimiz rahbari o‘tgan yilning 27-dekabr kuni yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvi chog‘ida ularni o‘ylantirayotgan muammolar, yoshlar bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish borasida qator takliflarni o‘rtaga tashlagan edi.

Ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi akademiyasida yosh avlod vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Ochiq muloqotda Akademiya boshlig‘i, general-leytenant Bahodir Matlyubov so‘zga chiqib, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, kelajagimiz vorislarini madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

 

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev davlat rahbari sifatidagi faoliyatlarining ilk kunlaridanoq yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan edi, – dedi B.Matlyubov. – O‘tgan yillar mobaynida bu yo‘nalishda ulkan islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Kelajagimiz davomchilarining ezgu orzu va maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan beshta muhim tashabbus hayotimizga tatbiq etildi. Albatta, bu sa’y-harakatlar unib-o‘sib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning yorug‘ istiqboli uchun xizmat qilmoqda. Ammo yoshlar bilan ishlash borasida hali qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham borki, buni davlatimiz rahbari alohida ta’kidladi.

 

Yosh xodimlar, tinglovchi va kursantlar ishtirok etgan muloqotda yoshlar bilan maqsadli ishlash, ularni o‘ylantirayotgan muammolarning yechimini topish, bu borada ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, iqtidorli, faol hamda tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, ma’nan va jismonan barkamol voyaga yetishi, yetuk mutaxassis bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bir so‘z bilan aytganda, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish haqida so‘z bordi. 

Ta’kidlab o‘tilganidek, hozirgi paytda Ichki ishlar vazirligi akademiyasida xizmat qilayotgan xodimlarning salkam 40 foizini yosh mutaxassislar tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ta’lim muassasasining kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida 2 mingdan ziyod kursant va tinglovchi zamon talablari darajasida bilim olmoqda. Davlatimizning yuksak e’tibori samarasi o‘laroq, ular orasida fan, ta’lim, madaniyat, san’at va sport sohasida yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan yoshlar safi tobora ortib bormoqda.

 

– Bugungi uchrashuv biz yoshlar uchun har tomonlama foydali bo‘ldi, – deydi Ichki ishlar vaziri stipendiyasi sohibi, kursant Gulmurod Urolov. – Tashabbus va muammolarimiz, istiqboldagi maqsadlarimiz yuzasidan fikr almashdik. Muhtaram Prezidentimiz yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari chog‘ida “Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz”, degan edi. Biz, navqiron avlod davlatimiz rahbari tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tiborni his qilgan holda jamiyatimiz kechayotgan islohotlarga kamarbasta bo‘lishimiz kerak. 

Samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda “Ijodkor yoshlar” klubini yo‘lga qo‘yish, “Akademiya iftixori”, “Eng faol kursant”, “Eng faol tinglovchi” ko‘krak nishonlarini ta’sis etish, ichki turizm, o‘quv jarayonida axborot texnologiyalari, xorijning ilg‘or tajribalari va zamonaviy yondashuvlarni yanada kengroq tatbiq etish, “ustoz–shogird” an’analari asosida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ilmiy tadqiqot faoliyatini kengaytirish borasida qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

 

Akademiya boshlig‘i samimiy muloqot va uchrashuvlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish, muhimi, ularni yangi marralar sari ruhlantirishda muhim poydevor bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. 

31.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar