O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat, shahar va tumanlarda ham Xalq qabulxonalari tashkil etilib, xalq bilan rahbarlar o‘rtasida ochiq muloqot tizimi o‘rnatilgani, joylarda sayyor qabullar o‘tkazilayotgani aholi, ayniqsa, nogironligi bor fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan ko‘plab masalalarning adolatli echim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda fuqarolar murojaatlari asosida odamlarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ularni joyida hal etishning samarali tizimi yaratilgani ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning ushalmas bo‘lib tuyulgan orzularini ro‘yobga chiqarishda yuksak samaralar bermoqda.
Termiz shahrida 2017 yilda zamonaviy qulayliklarga ega 7 qavatli 5 ta arzon turar joy binolari, qishloqlarda 1000 dan ortiq yangilangan namunaviy loyihalar asosidagi arzon uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilgani buning yaqqol tasdig‘idir. Bunday bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlari samarasida viloyatda nogironligi bo‘lgan 200 ga yaqin fuqaro oilasi yangi uylarga ko‘chib o‘tdi.
– Kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joyga ehtiyoji e’tiborga olinib, joriy yilda bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaytirildi, – deydi Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Qobulova. – Shunga muvofiq, bu yil Termiz shahrida 7 qavatli 10 dan ortiq arzon uy-joy, qishloqlarda minglab yangilangan loyihalar asosidagi zamonaviy uylar qurilmoqda. Ushbu uylarning ham bir qismi nogironligi bor oilalarga beriladi. Termiz shahrida nogironligi bor fuqarolarning uy-joy masalasidagi murojaatlari asosida ular uchun barpo etilayotgan 3 qavatli ko‘p kvartirali turar joy binosida so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Yaqinda barcha qulayliklarga ega mazkur xonadonlarda ham uy to‘ylari o‘tkaziladi. Shuningdek, bunday fuqarolar zamonaviy tikuv mashinalari bilan ta’minlanib, kasanachilik asosida ularning bandlik masalasini hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Ayni paytda 200 dan ortiq nogiron fuqaro turli korxonalarda kasanachilik asosida mehnat qilmoqda.
Muborak Ramazon oyida ham viloyat markazida nogironligi mavjud etti oila ikki xonali zamonaviy kvartiralarga ko‘chib o‘tgani ham xalqimizga xos mehr-oqibat va bag‘rikenglik singari go‘zal fazilatlarning yorqin namunasi bo‘ldi.
Jo‘yjangal mahallasida qad rostlagan ikki qavatli uyda ularning farovon yashashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Hovlida bolalar maydonchasi, tandirxona qurilgan. Alohida binoda barpo etilgan zamonaviy tikuvchilik tsexida nogiron uy bekalarining unumli mehnat qilishi uchun zarur qulaylik mavjud.
II guruh nogironi Sherbek Mamatqulovning oila qurganiga uch yil bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘i bilan ijarada yashab kelayotgan Sherbek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz shahridagi Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati qanoatlantirilib, ikki qavatli uydan ikki xonali kvartira ajratildi.
– Xonalar keng, yorug‘ va shinam, – deydi Sherbekning ayoli Aziza Abdujabborova. – Oilaviy yashash uchun barcha sharoit yaratilgan. Ayniqsa, kvartiraning zamonaviy usulda yuksak did bilan jihozlangani menga juda manzur bo‘ldi. Qarang, hovlida alohida tandirxona ham bor. Bolalar maydonachasi, suhbatlashib o‘tirish uchun maxsus o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Ishlayman, degan uy bekasi shundoq yonimizda joylashgan tikuv tsexida bemalol mehnat qilishi ham mumkin. Bizga shunday ko‘rkam uyning kalitini topshirgan davlatimizdan minnatdormiz.
Viloyatda nogironligi bor fuqarolar shinam uy-joy bilan ta’minlanib, kasanachilik asosida ishga qabul qilinayotgani mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasidir.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |