O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi o‘tkazildi. Uni Senat Raisi Tanzila Norboeva olib bordi.
Kengash a’zolari tomonidan Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqi va Parlamentga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi hamda Senatning 2020 yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakatimizni rivojlantirishning strategik yo‘li, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi muhim dasturilamaldir. Unda mamlakatimiz uchun demokratik islohotlar yakkayu-yagona va eng to‘g‘ri yo‘l ekani dalillar bilan ko‘rsatib berildi.
Davlatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida Senat zimmasiga mas’uliyatli vazifalar yuklandi. Harakatlar dasturida ushbu vazifalarni so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilangan. Xususan, Senatning qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti samarali ijrosini nazorat qilish tizimini takomillashtirish nazarda tutilgan.
Kelgusida vazirliklar, idoralar hamda hududlar rahbarlarining qonunlar, davlat va hududiy dasturlar ijrosi, shuningdek, joylardagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar echimi yuzasidan hisobot va axborotlarni muntazam muhokama qilib borish rejalashtirilgan.
“Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oya mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda Oliy Majlis Senati hududiy vakillik palatasi sifatida xalq bilan muloqot va jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratadi. Bu borada aholini qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali tizimini yaratish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlarni, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish, gender tenglikni ta’minlashga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish choralari belgilangan.
Bundan tashqari, mahalliy Kengashlar faoliyatini tubdan takomillashtirish, Senatning ular bilan hamkorligini kuchaytirish, Kengashlarga amaliy va uslubiy ko‘maklashish chora-tadbirlari belgilangan. Hududlardagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, jumladan, hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan o‘qishlar tashkillashtiriladi. Bu borada Samarqand viloyati tajribasini barcha hududlarda joriy etish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Oliy Majlis Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mahalliy Kengashlarga, joylardagi Senat a’zolari esa tegishli tuman va shahar Kengashlariga mas’ul etib biriktirildi.
Korruptsiyaga qarshi kurashishda Senatning rolini kuchaytirish, mas’ul davlat organlarining huquqbuzarliklar barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati ustidan ta’sirchan parlament nazoratini ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor beriladi.
Mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan munosabatlarini rivojlantirish, xalqaro aloqalarini mustahkamlash va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Senatning rolini yanada kuchaytirish hamda parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish parlament yuqori palatasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Senatning qo‘mita raislari muhokama etilgan masalalar yuzasidan o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirdi.
– Yil davomida qo‘mitamiz Qonunchilik palatasi bilan joylarda parlament nazoratini izchil yo‘lga qo‘yib, dolzarb ijtimoiy muammolarni tahliliy o‘rganib boradi, – dedi Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Robaxon Mahmudova. – Zamon talablariga qarab mahalliy Kengashlar faoliyatida ham yangi sifat o‘zgarishlariga erishamiz. Ularning samarali faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida deputatlik nazoratini kuchaytirish diqqat markazimizda bo‘ladi. Shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida joylardagi oliy o‘quv yurtlari rektorlarining 2019
yilda amalga oshirgan ishlari va 2020 yil uchun rejalashtirgan vazifalari bo‘yicha hisobotlar ilk bor eshitiladi. Buning natijasida xalqimiz tizimdagi muammolardan xabardor bo‘ladi. Bu sa’y-harakatlar jamiyatda korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabat yuzaga kelishiga xizmat qiladi.
Kengash Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Majlisda Senat Kengashining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |