2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor sudda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan uch otaga ozodlikdan mahrum etish, 13 otaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, ikki oila yarashtirildi

Angor tumanida sud qaroridan bo‘yin tovlab farzandlari oldidagi burchini unutgan otalar uchun sayyor sud majlislari o‘tkazildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tumani sudi va ma’muriy sudi tomonidan tashkil etilgan sayyor sudda voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment qarzlarini to‘lamayotgan shaxslar keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2014 yil 18 fevraldagi buyrug‘iga asosan O‘.Jo‘raevdan voyaga yetmagan uch farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. U burchini o‘z vaqtida bajarmagani bois Angor tuman ma’muriy sudi tomonidan besh sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. Biroq, alimentchi ota bu jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarib, 17 million 114 ming so‘m pulni farzandlari uchun to‘lab berishni hayoliga keltirmadi.

 

Sayyor sud majlisida O‘.Jo‘raev belgilangan aliment pulini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganlikda aybli, deb topilib, unga nisbatan 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Endilikda jazo muddatini o‘tash davrida olgan ish haqi hisobidan uch nafar farzandining rizqi ham to‘lab boriladi.

 

Sud jarayonida O‘.Jo‘raevga o‘xshagan yana ikki nafar alimentchi otaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan tegishli jazo tayinlandi.

 

Shu kuni Angor tumani ma’muriy sudi tomonidan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan 13 nafar otaning qilmishlari ham keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama etilib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga muvofiq o‘n besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu jazo ham “qo‘li qattiq” otalarni voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lovini to‘lashdan ozod etmaydi.

 

Oilaviy munosabatlarda mehr-oqibat, hamjihatlik kabi ulug‘ fazilatlar millatimizga xos yuksak qadriyatdir,¬ deydi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati bo‘limi katta inspektori Q.Tursunov.¬ Ajdodlarimizning bu qadriyatlarni ulug‘lab kelishida chuqur mazmun bor. Afsuski, ayrim bemehr otalarning farzandi kelajagi va uning moddiy ta’minoti qiziqtirmay qo‘ygani achinarlidir. Bu qusr ba’zi ota-onalarning turmushda o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni ma’lum darajada uddalayolmayotgani oqibatida yuzaga kelmoqda, desak xato bo‘lmaydi. Ushbu sayyor sud yakunida oqibatsiz otalarning boshi ham bo‘lib, jazoni ijro etish muassasasiga yo‘l olgani ko‘pchilik ishtirokchilar ko‘nglini beixtiyor yumshatib yubordi. Bunga guvoh bo‘lgan alimentchi otalar bu holatdan to‘g‘ri xulosa chiqarsa ajab emas.

 

Sayyor sudda Majburiy ijro byurosi Angor tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ikkita oilaning ijro hujjatlari harakatdan to‘xtatildi. Ular sud jarayonida ishtirok etgan keng jamoatchilikning tushuntirish-targ‘ibot ishlari, qimmatli maslahatlari asosida o‘z hohishlariga ko‘ra yarashib oldi. Oqsoqollar farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lmagan bu ota-onalar oilasining mustahkam, serfayz bo‘lishini tilab, duoga qo‘l ochdi.

20.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar