2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Buxoro viloyati hokimi ziyolilar bilan uchrashdi

Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan soʻnggi yillarda ushbu sohani jadal rivojlantirish maqsadida oʻtgan yillarga nisbatan sezilardi darajada koʻp sarmoya ajratilayotir. Ilmiy xodimlar ish haqi uch barobarga oshirildi. Fan doktori va nomzodlari uchun alohida ustama haq belgilandi.

Mamlakatimizda 2020-yilning “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilingani ham ushbu sohaga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralayotganini tasdiqlaydi.

Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyevning maʼrifat fidoyilari, vohadagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida shu haqda alohida taʼkidlandi.

Hozirgi paytda viloyatdagi 4 ta oliy taʼlim muassasasida 99 ta bakalavriat va 37 ta magistratura yoʻnalishi mavjud boʻlib, kunduzgi bakalavriat taʼlimida 23,5 ming, magistratura yoʻnalishida 763 nafar talaba taʼlim olmoqda.

Oliy taʼlim muassasalarida 90 nafar fan doktori, 470 nafar fan nomzodi va dotsent faoliyat koʻrsatayotir. Doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar soni esa 200 nafardan ziyod. Olimlarning saʼy-harakati bilan ilm-fanning qator yoʻnalishlari boʻyicha salmoqli ilmiy ishlar qilinmoqda. Koʻplab darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratilmoqda.

Lekin savol tugʻiladi, nega buxorolik olimlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalarni yaratmayapti? Javob esa bitta – fan va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmayapti. Ilmiy-tadqiqotlar samarasi past. Izlanishlar natijasi amaliyotga joriy qilinmayapti.

Viloyat hokimi ilmiy salohiyat va mablagʻlarni iqtisodiyot tarmoqlarining buyurtmalari va muayyan muammolarni yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor tadqiqotlarga yoʻnaltirish, import oʻrnini bosadigan va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni koʻpaytirish, sohadagi har bir tashkilot tizimida ilmiy mahsulotni bozorbop qiladigan marketing tizimini tashkil qilish zarurligiga eʼtibor qaratdi.

Erkin muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda olimlar fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash hamda boshqa yoʻnalishdagi muammolar haqida toʻxtalib, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ilgari surdi. Masalan, Buxoro davlat universiteti professori M.Omonov viloyatdagi qator ip yigiruv korxonalari kalavani ohorlash uchun qoʻllaniladigan polimer kraxmalni xorijiy valyuta hisobiga chetdan xarid qilayotganini taʼkidladi. Holbuki, uning rahbarligida mahalliy xomashyoga asoslangan ohorlovchi polimer kompozitsiyasi tarkibi yaratilgan. Afsuski, uni ishlab chiqarishga tatbiq etishga hamkorlik qiladigan korxona topilmayapti.

Shuningdek, professor-oʻqituvchilar tomonidan bino va inshootlarni barpo etishda ishlatiladigan qurilish materiallari hamda meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda qoʻllaniladigan qorishmalar tarkibini oʻrganish asnosida uni tayyorlash uchun zarur boʻlgan markaziy qurilish laboratoriyasini tashkil etish, quyosh energiyasidan foydalanishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish, yangi mutaxassisliklar boʻyicha qabul yoʻnalishlarini ochish, soha moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar bildirildi.

Viloyat rahbari olimlar oʻrtaga tashlagan barcha masalalar oʻrganib chiqilishi va asoslanganlik darajasiga qarab hal etilishini taʼkidladi.

22.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar