Oddiy odamlar prokurorlarga dardini aytishi ilgari hech ham kuzatilmagan holat.
Sir emas, odamlar bu soha vakillaridan biroz hayiqib, iloji boʻlsa uzoqroq boʻlishga harakat qilgan. Chunki ular faqat davlat himoyachisi, boshqacha aytganda, qoralovchisi boʻlganlar, xolos.
Bugungi kunda esa boshqa sohalar qatori prokuraturaning ham xalqchilligini taʼminlashga eʼtibor qaratilmoqda. Ularga ishongan holda hududlarning maʼlum qismidagi muammolarni bartaraf etish ushbu tizimga yuklatilgan.
Prokuratura organlariga biriktirilgan sektorlarda soha xodimlari uyma-uy yurib, muammolarni aniqlash va bartaraf etishga koʻmaklashmoqda.
Bosh prokuratura xabariga koʻra, Xorazm viloyati prokurorlari oʻtgan yil davomida 131 fuqarolar yigʻini hududidagi 85 mingga yaqin xonadonda boʻlib, 474 mingga yaqin fuqaroning oilaviy sharoiti bilan tanishdi. Shu jarayonda aniqlangan muammolardan 6 mingdan ziyodi bartaraf etilgan.
Xususan, Gurlan tumani “Nurafshon” mahallasi Turkiston koʻchasi 56-uyda yashovchi fuqaro Yu.Allaberganovning uyi toʻliq taʼmirlandi. Maʼrifat” mahallasi Muqimiy koʻchasi 10-uyda yashovchi fuqaro E.Yuldashevning xonadoniga un va yogʻ mahsulotlari berilib, davolanishi uchun tibbiyot xodimlari biriktirildi.
Urganch shahar Najmiddin Kubro koʻchasida yashaydigan 2-guruh nogironi M.Allaberganovaga nogironlik aravachasi hamda bepul dori-darmon berilishiga amaliy yordam koʻrsatildi.
Xonqa tumani “Tayanch” va “Moshtoʻgʻay” mahallalari aholisi 2019-yil
15-noyabr kuni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.
Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy va boshqa obyektlarda aniqlangan
2,5 mingga yaqin muammo bartaraf etilgan. Masalan, Bogʻot tumani “Hunarmand” mahallasi hududidan oʻtgan “Urganch-Xonqa-Xazorasp” yoʻlidagi eskirgan koʻprik 2-sektor rahbarining tashabbusi bilan toʻliq taʼmirlangan.
Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Nezaxos” mahallasi Matonat koʻchasida asfalt yotqizish ishlari, “Oʻrta qishloq” mahallasi hududidagi Nastarin koʻchasida shagʻal yotqizish ishlari amalga oshirilgan.
Viloyatdagi prokurorlar sektorlarida Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Xiva tumani prokuror sektori hududidagi “Shomoxulum” mahallasida joylashgan 5-sonli umumtaʼlim maktabi binosi oldida kitob doʻkoni hamda maktabning boʻsh turgan yer maydonida sunʼiy qoplamаli futbol maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirilgan.
Shuningdek, ushbu mahallada joylashgan eski mashina-traktor parki hududida “Carpetlux” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ip mahsulotlarini ishlab chiqish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mahalladagi xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi. Hozirda mazkur korxona tomonidan kuniga 1,7 kg ip mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Bunday ijobiy ishlar joriy yilda ham davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |