Qarshi shahri aholisiga tezkor, shaffof va qulay xizmat koʻrsatuvchi, zamonaviy, oʻziga xos interyer va dizaynga ega Davlat xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi.
Ayni paytga qadar Qarshi shahar davlat xizmatlari markazi orqali 139 turdagi davlat xizmatlaridan 250 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxs foydalangan. Markaz xodimlari tomonidan 2017-2020-yillarda 9 ming 208 ta tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Davlat xizmatlari markazi uchun ajratilgan umumiy yer maydoni 1 ming 800 kvadrat metr boʻlib, bu respublika miqyosidagi eng katta binolardan hisoblanadi. Binoning tashqi koʻrinishi ham, uning ichki dizayni ham oʻzgacha uslubda jihozlangan.
Bino peshtoqidagi boʻyi 6 metr, eni 12 metrlik LED-ekran uzoqdan koʻzga tashlanadi. Binoda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Jumladan, 48 ta xizmat koʻrsatish oynasi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish xonalari va infokiosklar, elektron auksionda ishtirok etish uchun alohida xonalar, elektron navbat tizimi, investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan biznes-uchrashuvlar oʻtkazishga moʻljallangan investorlar xonasi, anjuman va seminarlar uchun konferenszal va, albatta, kutubxona hamda bolalar maydonchasi ham joy olgan.
Koʻrsatilgan barcha xizmatlar toʻlovini amalga oshirish uchun bank kassalari mavjud, naqd pul yechish uchun bankomatlar qoʻyilgan. Mobil telefonlar quvvat olishi uchun qurilmalar ham oʻrnatilgan. Binoda bepul wi-fi tarmogʻi yoqilgan boʻlib, undan markazga tashrif buyurgan fuqarolar beminnat foydalanish imkoniga ega. Yilning toʻrt faslida ham bir xil mikroiqlim tuhfa etuvchi manzara hech kimni befarq qoldirmaydi. Noyob gullar manzarasi bir-birini takrorlamaydi.
Shu yerning oʻzida notarius, adliya va FHDYO boʻlimlari, sugʻurta tashkiloti filiallari ham joylashgan. Koʻpchilik kutgan xizmat turi, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini endi markazda joylashgan YHXB boʻlimining maxsus xonasidan olish mumkin.
Shuningdek, Prezident Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasi ham Davlat xizmatlari markazi bilan yonma-yon faoliyat koʻrsatadi.
Fuqarolar bu yerda bepul asosda yuridik maslahat beruvchi “Madad” xuquqiy maslahat byurosi xizmatidan ham foydalanishi mumkin.
Markazda Davlat xizmatlari agentligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi hamda Yevropa hamjamiyati hamkorligi tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi ishtirokchi va mutaxassislari uchun ham xona ajratilgan.
Binoning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Z.Mirzayev ishtirok etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |