Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimligida aholi uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, odamlarni eshitish, ularning dardiga darmon bo‘lish har bir rahbarning bugungi eng asosiy vazifasi bo‘lmog‘i lozim.
Qabul davomida tushgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda, ularning asosiy qismini uy-joy olish, uy qurish uchun yer ajratish, sud, bank-moliya, moddiy yordam, pensiya ta’minoti, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, obodonlashtirish va boshqa shu kabi masalalar tashkil etdi.
– Hayotida biron-bir muammoga duch kelgan odam, avvalo dardini kim bilandir o‘rtoqlashgisi, kimgadir aytgisi keladi, – deydi Boyovut tumani hokimi, Senator Dilfuza O‘rolova. – Shunday lahzada sizni kimdir diqqat bilan eshitsa, bir og‘iz shirin so‘zi bilan taskin bersa, ruhiyatingiz yengillashib, mushkulingiz osonlashganday bo‘ladi. To‘g‘ri berilgan yo‘l-yo‘riq tufayli kishida muammoni yengishga ishonch paydo bo‘ladi. Sizni eshitish, sizga taskin berish bilan cheklanmay, amaliy yordamga qo‘l cho‘zilganida esa odam o‘zini chin ma’noda baxtli his qiladi. Har bir murojaatchini tinglay bilishning o‘zi – uning muammosi yechimiga birinchi kalit vazifasini o‘taydi.
“Ochiq eshiklar kuni”da fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar har tomonlama tahlil qilinib, yuzaga kelish sabablari o‘rganildi. Murojaatchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarga shu joyning o‘zida qonuniy yechim topish choralari ko‘rilib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va bajarilish muddati belgilandi.
Tuman hokimi D.O‘rolova, har bir murojaat ortida inson omili turganligi, uning ijrosini ta’minlash har bir rahbarning eng asosiy vazifasi bo‘lmog‘i shart ekanligini hamda ushbu murojaatlarning nazorati tuman hokimi sifatida o‘zining qat’iy nazoratida bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |