2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Imkoniyati cheklangan 53 oila uy-joyli bo‘ldi

Toshkent viloyatida jismoniy imkoniyati cheklangan, uy-joyga muhtoj 53 oilaga yangi uylar kaliti tantanali ravishda topshirildi.

Viloyat hokimligi mas’ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, chunonchi, bu toifadagi shaxslarni imtiyozli uy-joy bilan ta’minlash, o‘z imkoniyati darajasida mehnat qilishiga imkoniyat yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 

Prezidentimizning 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

Mazkur hujjat ijrosi doirasida Olmaliq shahrida qarovsiz qolgan 9 qavatli bino “Universal g‘isht savdo“ mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan to‘liq qayta ta’mirlandi. Sobiq yotoqxona binosi xonalari 1, 2 va 3 xonali xonadonlarga moslashtirilib, yashash uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. 

– Bir oyog‘im yaxshi ishlamaydi, I guruh nogironiman, – deydi Olmaliq shahrining Abdulla Avloniy nomidagi mahallasida istiqomat qiluvchi Eldor Mardonov. – Turmush o‘rtog‘im Layloxon ham 2-guruh nogironi. Nolimayman, o‘g‘lim Bahodirdan umidlarim katta. Lekin, o‘z uying bo‘lgani yaxshi-da. Mana bugun azaliy orzuyimiz ushaldi. Buning uchun, avvalo, Prezidentimizga, shu ishga bosh qo‘shgan barcha insonlarga minnatdorlik bildiramiz. 

Ushbu yangi uy foydalanishga topshirilishi bilan viloyatning Parkent, Piskent, Qibray, Yuqori Chirchiq va Chinoz tumanlaridan nogironligi bo‘lgan oilalar ham o‘z xonadoniga ega bo‘ldi. Yuqori Chirchiq tumanilik Abdulaziz Xolisov yangi xonadonga ega bo‘lganlardan biri. 

– Oila qurib, uy-joy qilish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan, – deydi u. – Turmush o‘rtog‘im Ulbo‘sin bilan farzandimiz Madinaxonni hech nimadan kam qilmay voyaga etkazyapmiz. Ammo o‘z uyi bo‘lishi, baxti yanada to‘kis bo‘lishini kim ham xohlamaydi. Mana, davlatimizning insonparvar siyosati tufayli o‘z boshpanamizga ega bo‘ldik. 

Avaz Xudoyqulov, O‘zA

28.06.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar