2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanadi“

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi jamoasi “Mehr Orolni qutqaradi“ loyihasi doirasida Mo‘ynoq tumanida bo‘ldi.

Orol dengizining qurigan qismida saksovul ekish, shuningdek, yangidan barpo etilayotgan “Oq kema“ bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida ishtirok etdi.

Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan dengizning qurigan tubini o‘rmonzorga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu xayrli ishlarga mamlakatimizning barcha viloyatlaridan hasharchilar, ayniqsa, yoshlar va harbiylar munosib ulush qo‘shmoqda.

O‘tgan mavsumda 1 million 125 ming gektarga yaqin er maydoni tayyorlanib, shundan 500 ming gektarga saksovul, qandim va boshqa cho‘lga chidamli o‘simliklar ekilgan bo‘lsa, joriy yilda 700 ming gektarga ekish rejalashtirilmoqda. Ushbu xayrli ishdan kasaba uyushmalari xodimlari ham chetda qolmadi. Ular tomonidan saksovul ko‘chatlari ekildi.

Mehmonlar tuman markazidagi “Ochiq osmon ostidagi kemalar“ va “Orol dengizi tarixi“ muzeylariga tashrif buyurib, dengiz va Mo‘ynoq tumani tarixi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi homiyligida kam ta’minlangan oilalar yangi uy-joy bilan ta’minlanmoqda. Shu kuni Mo‘ynoq tumanidagi “Hakim ota“ ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Azamat Kariboev, “Bo‘zatov“ ovul fuqarolar yig‘inidan Sabirxon Edilboev, “Madeli“ ovul fuqarolar yig‘inidan Oqmaral Kenjalieva, “Do‘stlik“ mahalla fuqarolar yig‘inidan Gulpara Ayapbergenova va “Orol“ mahalla fuqarolar yig‘inidan Qalamqosh Omonjolovalarga yangi uyning kalitlari topshirildi.

Shu erning o‘zida Orol dengizi qurigan qismida ko‘chat ekish ishlarida ishtirok etayotgan hasharchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ularga Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan sovg‘alar topshirildi.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Mo‘ynoq tumanidagi bunyodkorlik, shu jumladan, dengizning qurigan qismini o‘rmonzorga aylantirish ishlariga hissa qo‘shish har birimizning insoniy burchimizdir, – deydi Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi bo‘lim mudiri Gulnora Ilmuradova. – Tashrifimiz davomida “Madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanadi“ degan ezgu niyat bugun haqiqatga aylanayotganiga guvoh bo‘ldik.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tumandagi “Bo‘zatov“ ovul fuqarolar yig‘ini hududida “Oq kema“ bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi qurilmoqda. Umumiy qiymati 24 milliard so‘m bo‘lgan oromgohni joriy yilning aprel oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu erda yiliga jami 1 ming 500 nafar bola dam oladi. Bolalarning maroqli dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Kasaba uyushmalari xodimlari oromgoh atrofini obodonlashtirish va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlarida ham faol.

05.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar