Buxoroda Xalq deputatlari viloyat kengashining to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar kengashlari deputatlari, Oliy Majlisi Senatiga viloyatdan saylangan senatorlar, shahar va tumanlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, viloyatdagi siyosiy partiyalar vakillari, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Sessiya videokonferentsaloqa shaklida tashkil qilindi.
Yig‘ilishda yoshlar siyosati masalasiga e’tiborni yanada oshirish zarurligi qayd etilib, jamiyatda yoshlarning roli va obro‘sini ko‘tarish, ularga zarur sharoit yaratish, yoshlar tashkilotlari orqali yosh avlod muammolari ichiga chuqurroq kirish va ularni hal etish zarurligi muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, respublika Yoshlar Ittifoqi raisi Alisher Sa’dullaev so‘zga chiqib, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va bu yo‘nalishda tasdiqlangan Dasturlar va Yo‘l xaritalari ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar, xususan, davlat rahbarining 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan o‘tkazgan uchrashuvidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar va topshiriqlar ijrosiga to‘xtaldi.
Yig‘ilishda Buxoro viloyatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi faoliyatni yanada takomillashtirishda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi barkamol avlod dunyoqarashini shakllantirish, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashga qaratilgan samarali tizim joriy etish, yoshlarda mehnatsevarlik, ishbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarishga e’tiborni kuchaytirish lozimligi uqtirildi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat ikkinchi sektori rahbari, viloyat prokurori Dilshod Fayziev, uchinchi sektori rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Aliev hamda to‘rtinchi sektori rahbari, davlat soliq boshqarmasi rahbari Sherzod Ashurovning hisobotlari eshitildi.
Ta’kidlanishicha, viloyatda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar qatlami bandligini ta’minlash, yosh tadbirkorlar safini yanada kengaytirish hamda beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, yosh xotin-qizlarni hayotga tayyorlash maqsadida ularni qiziqishlaridan kelib chiqib, qayta kasb-hunarga o‘qitish ishlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorligini tizimli ravishda tashkil etish ishlariga kirishilgan.
Birgina shu yilning yanvar-fevral oylari davomida viloyat sektor rahbarlari tomonidan joylarda 101 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda 11 ming 288 nafar uyushmagan yosh, 17 ming 90 nafar talaba va o‘quvchi ishtirok etgan. Yoshlar tomonidan sektor rahbarlariga 1 ming 225 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularda turli mazmundagi 1 ming 303 ta masala ko‘tarilgan va ularning 374 tasi joyida ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning 563 tasi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan hamda 366 tasi borasida mas’ullar tomonidan tushuntirish va tavsiyalar berilgan. Ishchi guruhlar tomonidan viloyatda 19 ming 538 nafar ishsiz, doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan yoshlar ro‘yxati shakllantirilgan va 2020 yilda ularning 13 mingdan ortig‘ini yoki 68,5 foizi bandligini ta’minlash belgilangan.
Xususan, qurilish otryadlariga 2 ming 115 nafar, ishlab chiqarish, (jumladan, qandolatchilik, oziq-ovqat, qurilish mahsulotlari) yo‘nalishida 1 ming 316 nafar, xizmat ko‘rsatish (avtomobil, kompyuter va texnikalarga xizmat ko‘rsatish, go‘zallik saloni, sartaroshlik) 1 ming 332 nafar, kasanachilik (tikuvchilik, to‘quvchilik) 78 nafar, hunarmandchilik yo‘nalishida 501 nafar, paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishida 995 nafar, bog‘dorchilik (makkajo‘xori, sholichilik va boshqa dukkakli o‘simliklar) yo‘nalishida 307 nafar, chorvachilik (qoramol, qo‘ychilik, tuyachilik, yilqichilik) yo‘nalishida 568 nafar, baliqchilik yo‘nalishida 223 nafar, asalarichilikda 154 nafar, pillachilikda 741 nafar, tomorqa xo‘jaligi, jumladan, issiqxonalar tashkil etishda 675 nafar, “Har bir yoshga bir gektar“ loyihasi doirasida 438 nafar, bandlik jamg‘armasi orqali haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali 502 nafar, “Yoshlar — kelajagimiz!“ Davlat dasturi doirasida 577 nafar, “Har bir oila — tadbirkor“ Davlat dasturi doirasida 902 nafar, bo‘sh ish o‘rinlari orqali o‘tkaziladigan “Mehnat yarmarkalari” doirasida 962 nafar hamda boshqa yo‘nalishlar doirasida 988 nafar yoshning bandligi ta’minlanishi belgilangan.
Shuningdek, sessiyada yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida viloyatda monitoring olib borgan respublika ishchi guruhi a’zolarining ham axborotlari tinglandi.
Sessiyada ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |