Prezidentimizning topshirigʻiga binoan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, bandligini taʼminlash, daromadlarini koʻpaytirish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi faoliyat koʻrsatayotir.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi boshchiligida Respublika mahallalar kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlaridan iborat ishchi guruhi navbatdagi faoliyatini Jizzax viloyati Paxtakor tumanida olib bordi. Ular hudud 14 mahallasidagi 380 dan ziyod oiladagi xotin-qizlar bilan muloqot oʻtkazib, ularning murojaatlarini oʻrganib chiqdi.
Jizzax viloyati hokimligida ushbu oʻrganishlar yakuniga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda ishchi guruh rahbari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov oʻrganish yakunlari boʻyicha maʼruza qildi.
Jizzax choʻlini oʻzlashtirishning dastlabki davrida – 1967-yilda tashkil etilgan tumandagi infratuzilma inshootlarida – uy-joylarni saqlash, yoʻllar infratuzilmasi, kommunal, ijtimoiy sohalardagi oʻtkir muammolar yuzaga chiqib, aholining haqli eʼtirozlariga, davlat idoralariga boʻlgan murojaatlarining oshishiga olib keldi.
72 ming nafarga yaqin aholisi boʻlgan tumandan 2019-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga 3 ming 482 ta turli yoʻnalishdagi murojaatlar kelib tushgan boʻlsa, murojaatlarning qariyb 50 foiziga yaqini ayollar tomonidan qilingan.
Ishchi guruhi oʻrganish davomida xotin-qizlar tomonidan bildirilgan muammolarning 23,7 foizi uy-joy bilan taʼminlash va mavjud uy-joyini taʼmirlash, 7,7 foizi salomatligini tiklash, 45,5 foizi moddiy yordamga muhtojligi, 8,5 foizi ish bilan taʼminlash, 1,6 foizi tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratish, 1,2 foizi kommunal soha bilan bogʻliq. 15 foizidan ortigʻi oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitning notinchligi, taʼlim va boshqa yoʻnalishlarga ekanligi aniqlandi.
Uchrashuvlarda xotin-qizlarni tinglashga, ular koʻtarayotgan masalalarni hal etishga alohida eʼtibor qaratildi. Koʻtarilgan muammolar boʻyicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ijrosini taʼminlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ishchi guruh tavsiyasi bilan ijtimoiy ogʻir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan moddiy-maʼnaviy koʻmak koʻrsatildi. Ijtimoiy koʻmakka muhtoj ayollardan 15 nafariga 34,5 million soʻm moddiy yordam, 6 nafariga zamonaviy tikuv mashinasi, 7 nafariga farzandlari salomatligini tiklashi uchun sanatoriylarga bepul yoʻllanma berildi.
Shuningdek, tumanga ikkita turar joy binosi qurilishi uchun 6 milliard soʻmlik, yer osti sizot suvlarini chiqarib ketish ishlari uchun 3 milliard soʻmlik sertifikatlar topshirildi.
Yigʻilishda ishtirok etgan paxtakorlik xotin-qizlar Prezidentimiz tomonidan berilayotgan eʼtibor uchun minnatdorlik bildirishdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva soʻzga chiqdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |