2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Biz birgamiz: aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli loyihaga start berildi

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Adliya vazirligi 2018 yildan beri “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasini yo‘lga qo‘ygan. Loyiha doirasida aholining zaif qatlamlariga ijtimoiy va iqtisodiy ko‘mak berishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida insonlarning harakatlanishiga ayrim cheklovlar kiritilganligi natijasida avvalo aholining ehtiyojmand qatlami, ya’ni kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar va ishsiz fuqarolarni zaruriy mahsulotlar bilan ta’minlash ehtiyoji ortmoqda.

Bunday sharoitda Shodiev xalqaro fondi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarga o‘zining hissasini qo‘shishga va dastlabki bosqichda aholining kam ta’minlangan qatlamiga moddiy ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida Adliya vazirligi, Shodiev xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Madad” nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan respublika bo‘yicha 1 500 dan ortiq yordamga muhtoj oilalar aniqlandi. Fondning yordami bilan jami 13 turdagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot vositalarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy yordam to‘plamlari shakllantirildi.

Mazkur ijtimoiy yordam to‘plamlari ortilgan avtoulovlar respublikaning olis hududlarida yashovchi yurtdoshlarimizga etkazish uchun yo‘lga chiqdi. Ijtimoiy yordam to‘plamlarini egalariga topshirish paytida hududiy adliya organlari va “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining joylardagi filiallari tomonidan ularga huquqiy tushuntirishlar beriladi.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi va Fond barchani o‘z fuqarolik mas’uliyatlarini to‘liq his etishga, o‘rnatilgan qonun-qoidalar va tartiblarga so‘zsiz rioya etishga, bu borada kechayu-kunduz xizmat qilayotgan tashkilotlar xodimlariga, ayniqsa shifokorlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi.

28.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar