Avval xabar berilganidek, Oʻzbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov onlayn rejimida pandemiya sharoitida jamiyat hayotining dolzarb huquqiy jihatlariga bagʻishlangan 9 ½: “Koronavirus qonunlari” maxsus xalqaro forumida ishtirok etmoqda.
Adliya vazirlarining ochiq yigʻilishida ishtirok etar ekan, R. Davletov yigʻilganlarga Oʻzbekiston oʻz salohiyatiga tayangan holda, shuningdek boshqa davlatlar tajribasi va JST tavsiyalaridan kelib chiqib COVID-19 tarqalishi bilan qanday kurashayotgani haqida maʼlumot berdi.
Xususan, vazir respublikada rejimlarning eng egiluvchani hisoblangan cheklovchi tadbirlar, yaʼni karantin joriy etilganini maʼlum qildi. U yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan maʼmuriy, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlarni koʻzda tutadi.
“Hech bir davlat bunday inqirozli vaziyatlarda qanday harakat qilish toʻgʻrisida instruksiyaga ega emas. Chora-tadbirlar zarur hollarda shoshilinch ravishda belgilanadi va qabul qilinadi. Bunda shubhasiz jamiyat, davlat va inson huquqlari uygʻunligi eng muhim omillardan boʻlishi kerak”, deya taʼkidladi R. Davletov.
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan kompleks va tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Xususan, barcha taʼlim va diniy muassasalar vaqtincha yopildi, internet va televideniye orqali masofaviy taʼlim amaliyoti yoʻlga qoʻyildi, xalqaro va ichki transport qatnovlari toʻxtatildi, yirik shaharlar, hududlararo avtomototransport harakatlanishi cheklandi, yolgʻon xabarlar tarqatish va karantin qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Qator oliy oʻquv yurtlari, jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan masofaviy taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyildi. Maktab oʻquvchilari va bogʻcha tarbiyalanuvchilari uchun bir nechta telekanal orqali mashgʻulotlar efirga uzatilmoqda. Bunday ish formati ayniqsa aholining Internetga ulanish imkoni boʻlmagan qishloq joylari va olis tumanlarda oʻzini oqladi.
Vazir taʼkidlaganidek, karantin davrida davlat boshqaruvi “qoʻlda ishlash” rejimiga oʻtkazildi. Maxsus Respublika komissiyasi faoliyatining mutlaqo ochiqligi taʼminlandi. Aholini xabardor qilish boʻyicha shtab tashkil etildi. Xususan, aholini tezkor va haqqoniy ravishda xabardor qiluvchi 1,3 million nafardan ziyod obunachiga ega maxsus Telegram-kanal faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, COVID-19ning ommaviy tarqalishi xatarini kamaytirish maqsadida Oʻzbekistonda korxona va tashkilotlar, jumladan davlat organlari, xodimlariga mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar mehnat taʼtili berildi, ularning bir qismi masofadan turib ishlashga oʻtkazildi. Xususan, Adliya vazirligida ham xodimlarning 90 foizi masofadan turib ishlashga oʻtkazildi.
Karantin sharoitida qonun ijodkorligi sohasi axborot texnologiyalari tufayli bunday oʻzgarishlarga eng tayyor soha ekanligi maʼlum boʻldi. Oʻtgan yildan boshlab meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini elektron tarzda ishlab chiqish va kelishish tartibi amal qilmoqda.
“Mazkur tizimga 200 ta tashkilot, jumladan yurtimizning yirik kompaniyalari, banklari, assotsiatsiya va konsernlari ulangan. Natijada respublikamizda qonun ijodkorligi jarayoni samarali davom etmoqda va tezkor ravishda virus bilan kurashish boʻyicha yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilinmoqda. Masalan, haqiqatdan mutlaqo yiroq boʻlgan maʼlumotlar (feyklar) tarqatish, shuningdek karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonunlar qabul qilindi”, — dedi R. Davletov.
Elektron onlayn-mexanizmlardan foydalanish davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu tariqa, notariuslar faqatgina zarur hollarda e-notarius.uz sayti orqali elektron navbatdan oʻtilgandan soʻng qabul qilmoqda. Davlat xizmatlari ham onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali, oʻta zarur hollarda esa davlat xizmatlari binolarida koʻrsatilmoqda.
R. Davletov inqiroz davrida dunyo kooperatsiyasini rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni raqamlashtirishning huquqiy asoslarini faollashtirish, karantin sharoitida huquq va erkinliklarni taʼminlash boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi. Xususan, u davlatlar oʻrtasida huquqiy yordam koʻrsatish tizimini elektron platformaga oʻtkazish, pandemiya sharoitida huquqiy axborot almashish uchun xalqaro onlayn platforma yaratish muhimligini qayd etdi.
“Bizning bugungi kundagi asosiy burchimiz barchaga pandemiya sabab yuzaga kelgan yuridik va huquqni qoʻllashga oid masalalarga yechim topishga koʻmaklashishdan iborat. Uzoq istiqbolga moʻljallangan vazifamiz esa — koronavirus pandemiyasiga oʻxshash omillar yuzaga kelganda davlat, jamiyat va shaxsning barqaror faoliyatini taʼminlovchi huquqiy bazani shakllantirishdan iborat. Bundan buyon dunyo biz barcha munosabatlarda koʻnikib qolgandek boʻlmasligi ayon. Qoidalari biz, yuristlar tomonidan huquqiy jihatdan rasmiylashtiriladigan yangi munosabatlar, jumladan xalqaro miqyosdagi munosabatlarni shakllantirish bosqichiga qadam qoʻymoqdamiz”, — oʻz soʻzini yakunladi R. Davletov.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |