Jizzax viloyati homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga 3 ming 200 dan ziyod murojaat qabul qilindi. Ushbu murojaatlar boʻyicha ehtiyojmand oilalarga un, moy, kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, makaron, tuxum, shakar kabi zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Zomin tumanida saxovatli tadbirkorlardan, fuqarolardan xayriya qilinayotgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni toʻplash, saqlash uchun toʻrtta hududiy sektorda maxsus omborxonalar tashkil qilindi. Tuman hokimligi qoshida tuzilgan ishchi guruh mahsulotlarni qabul qilib, ularni “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi“ taqsimoti bilan ehtiyojmand oilalarga yetkazilishini taʼminlamoqda.
Tumanda 1197 qisqa raqami orqali qilinayotgan murojaatlarning birortasi eʼtiborsiz qolmayapti. Hozirgacha murojaat qilgan 131 nafar fuqaroga yordam koʻrsatildi. Ularning har biriga 5 kilogrammdan un, 2 kilogramdan makaron, shakar, guruch, 2 litrdan oʻsimlik yogʻi, 3 kilogram kartoshka, jami har bir fuqaroga 16 kilogramdan kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
– Elimizning oliyhimmatligi, saxovatpeshaligi shunday ogʻir kunlarda bilinayotir, – deydi Zomin tumani hokimi oʻrinbosari, tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi B.Jontursunov. – Tadbirkorlar, saxovatli yurtdoshlarimiz tomonidan 1 ming 361 nafar kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Mazkur xayriya tadbirlariga 222 million 822 ming soʻm sarflandi.
Xayriya davomida oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari tibbiyot qoʻlqobi va niqobi, antiseptik vositalar hamda dori-darmon vositalari ham markazimizga taqdim etilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |