2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijonlik yuzdan ortiq tadbirkorlar 10 tadan 500 tagacha ehtiyojmand oilani o‘z qaramog‘iga olish istagini bildirdi

Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 20-aprel kuni sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn yig‘ilishda xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olib ilgari surgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi andijonlik tadbirkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash, nochorlarga, keksalarga mehr-oqibat, saxovat ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Bu ezgu fazilatlar qon-qonimizga singib ketgan. Ayniqsa, bugungi tahlikali kunlarda ana shu o‘lmas qadriyatlarimiz yana bir bor sinovdan o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun millatimiz “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati atrofida jipslashmoqda. Bu xalqimizning birligi, hamjihatligining amaliy namunasi bo‘lmoqda. 

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin tartibi joriy etilgan bugungi sinovli kunlarda ehtiyojmand, kam ta’minlangan insonlar va oilalarga yordam ko‘rsatishga imkoni bo‘lgan har bir yurtdoshimiz xayrli harakatga qatnashishga intilmoqda. 

“Khantex Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanida tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri rahbariyati karantin muddati tugagunga qadar tumandagi 300 ta ehtiyojmand oilani zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar bilan ta’minlash tashabbusi bilan chiqdi. Bundan tashqari, tumandagi qishloq xo‘jalik ishlari bilan band bo‘lgan 1 ming 700 nafar fuqaroga berilayotgan ish haqiga qo‘shimcha 300 ming so‘mdan beradigan bo‘ldi. 

Yosh tadbirkor Abdulloh Madaminov ham tashabbus ko‘rsatib, bugungi og‘ir kunlarda Andijon shahridagi 300 ta ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilani qo‘llab-quvvatlashni o‘z zimmasiga oldi.

– Korxonamiz joylashgan hududdagi 100 ta yordamga muhtoj oilaga ko‘mak berishga ahd qildik, – deydi Andijon shahridagi “Dinar tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruvchisi Abdurasul Abdullaev. – Shaxsan men koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyin bir sharoitda xalqimizga ko‘mak berish, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash har bir tadbirkorning qalb amri bo‘lilish kerak deb bilaman. Chunki mana shu mehnatkash xalqimiz borligi, yurtimizda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani uchun ham tadbirkor sifatida ish olib boryapmiz. Shunday ekan bugungi sinovli kunlarda xalqimizga yordam bermasligimiz mumkin emas. Shu bois ham Prezidentimizning tashabbusini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatladik. 

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini qo‘llab-quvvatlab, amaliy yordami bilan ushbu harakatga qo‘shilayotgan tadbirkorlar safi tobora kengayib bormoqda. 
 

24.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar