2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonalariga tushayotgan aksariyat murojaatlar ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam hisobiga toʻgʻri kelmoqda

Yurtboshimiz pandemiyaga qarshi kurashish yuzasidan hayotiy tashabbuslar bilan chiqib, davlat va jamiyat imkoniyatlari hamda saʼy-harakatlarini yagona maqsad yoʻlida birlashtirdi.

“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatining tashkil etilishi shunday ezgu gʻoyalardan boʻldi.

 

Mazkur xayru saxovat, savob ishlarida ham Prezident Xalq qabulxonalari xalqimizning chin maʼnodagi koʻmakchilaridan biriga aylanib ulgurdi.

 

Bugun Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan aksariyat murojaatlar ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam hisobiga toʻgʻri kelmoqda.

 

Har bir Xalq qabulxonasi qoshida “Tezkor ishchi guruh shtablari” tuzilib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda aholi uchun “ishonch telefonlari” tashkil etildi. Mazkur hamkorlik orqali koʻmakka muhtoj, nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz qariyalar, koʻp farzandli oilalar, boquvchisi boʻlmagan oilalarga xayriya yordamlari, oziq-ovqat, tibbiy yordam, dori-darmon, elektr, suv, gaz taʼminoti kabi muhim masalalar bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish choralari koʻrilmoqda.

 

Tezkor tibbiy muolajani talab etadigan murojaatlar ham Xalq qabulxonalarining alohida eʼtiborida. Mazkur holatlar boʻyicha sogʻliqni saqlash boʻlimlari bilan hamkorlikda fuqarolarga yordam koʻrsatish choralari koʻrilmoqda. Fuqarolar sogʻligʻi, ayniqsa, uzluksiz ravishda hayotiy zarur muolajalar olish (gemodializ, ximioterapiya va boshqa ogʻir kasalliklar), dori-darmon isteʼmol qilish (diabet, endokrin va boshqa kasalliklar) bilan bogʻliq muammolar hal etilishiga alohida eʼtibor qaratilyapti.

 

Shu bilan birga, Prezident Xalq qabulxonalarining ogʻir ahvolga tushib qolgan oilalarga koʻmak koʻrsatish borasidagi ishlarida “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” tizimi ham yaxshi samara bermoqda. Mazkur jarayonlarga joylardagi savobtalab, sahovatpesha homiylar ham keng jalb etilmoqda.

 

Oʻtgan karantin davri mobaynida respublikamiz boʻylab Xalq qabulxonalari tomonidan 45 mingga yaqin murojaatlar asosida fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar ajratish, tibbiy yordam koʻrsatish, oziq-ovqat va tibbiy himoya vositalari bilan taʼminlash va boshqa yoʻnalishlardagi qator muhim masalalarda koʻmaktalab oilalarga yordam koʻrsatildi.

 

Aynan shunday savobli ishlarning yaqqol misol sifatida muborak Ramazon oyida Fargʻona viloyatida boʻlayotgan keng koʻlamdagi ishlarni keltirsak boʻladi. Xususan, Fargʻona, Yozyovon, Quva kabi viloyatning qator tumanlarida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida sektor rahbarlari, korxona-tashkilotlar vakillari hamda Moʻminjon Yoʻldoshev rahbarligidagi “Fergana-Oseana”, “Baxodir Logʻon Tekstil” singari koʻplab sahovatpesha homiylar hamkorligida minglab qiyin ahvolga tushib qolgan, kam taʼminlangan yurtdoshlarimizga koʻmak koʻrsatilyapti.

 

Jumladan, ogʻir ahvoldagi har bir oilaga 1 qop un, 10 kg. kartoshka, 5 kg sabzi, 0.5 kg. piyoz, 1 kg. goʻsht, 2 kg. shakar, 5 kg. guruch va 5 litr oʻsimlik yogʻi yetkazib berildi. Shu kungacha 253 million soʻm miqdorda 800 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yordam tariqasida yetkazib berildi.

 

Bu kabi ishlar Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan barcha hududlarda tizimli davom ettirilyapti.

26.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar