Barcha sohalardagi ijobiy oʻzgarishlar odamlarning turmush sharoitini yaxshilash bilan birga, oʻsib borayotgan aholi soni natijasida yuzaga keladigan ishsizlik muammosini ham vujudga keltirmoqda.
Keyingi yillarda viloyatda yoshlar bandligini taʼminlash, ularga munosib ish oʻrinlarini yaratish hamda ishsizlik muammosini hal etishga qaratilgan yangi loyihalar izchil amaliyotga joriy etilyapti.
Xususan, jami 525 289 nafar yigit-qizning 18-30 yoshgacha boʻlgan 21 298 nafari ishsiz ekanligi aniqlanib, ularning 14537 nafari, yaʼni 68 foizini doimiy ish bilan band qilishga muvaffaq boʻlindi.
Shuningdek, joriy yilning aprel oyida oʻtkazilgan qayta oʻrganish natijasida karantin vaqtida yana 5764 nafar ish bilan band boʻlmagan yigit-qizlar mavjudligi aniqlandi.
Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan joylarda sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida “Har bir yoshga– bir gektar” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur loyiha doirasida joriy yilning 25-aprel holatiga koʻra, viloyat boʻyicha 924 nafar yigit-qizga jami 380 gektardan ortiq yer maydonlari ajratildi.
Jumladan, Oqqoʻrgʻon tumani “Sultonobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan 100 nafar yoshga 1 gektardan, Boʻka tumani “Boʻka” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan 200 nafar yigit-qizga 0,35 gektardan, Parkent tumani “Soʻqoq”, “Bogʻbon” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidan 315 nafar yoshga 0,20 gektardan yer meva-sabzavotchilik, bogʻdorchilik mahsulotlarini yetishtirib, oʻzlarining daromad manbaini shakllantirish va bandligini taʼminlash maqsadida berildi.
Bunday tarzda ajratilayotgan yer maydonlari doimiy foydalanish uchun yoshlar kooperatsiyalarini tashkil etish, korporatsiyalar faoliyati uchun viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan grantlar, subsidiyalar ajratish koʻzda tutilayotganligi ahamiyatga ega.
Bu boradagi amaliy ishlar tizimli ravishda davom ettirilib, gʻalladan boʻshagan 400 gektardan ortiq yer maydonlari ham ming nafarga yaqin yigit-qizlarga ajratilishi rejalashtirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |