Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan “Bir quti saxovat!“ aksiyasi doirasida yigʻilgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, pul mablagʻlari, gigiyena vositalari va boshqa zarur mahsulotlar Sardoba suv ombori bilan bogʻliq ofatdan jabr koʻrgan sirdaryoliklarga yetkazib berildi.
Xabaringiz bor, 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining bir qismi oʻpirilib, aholi xonadonlari va ekin maydonlarini suv bosgan, yuzlab yurtdoshlarimiz boshpanasiz qolgan edi.
Davlatimiz rahbari oʻsha kunning oʻzidayoq voqea joyiga yetib borib, toʻgʻon oʻpirilishi bilan bogʻliq hodisa oqibatlarini bartaraf etish, jumladan, aholini zudlik bilan evakuatsiya qilish, ularga birlamchi yashash sharoiti yaratish, zarur oziq-ovqat va tibbiyot vositalari bilan taʼminlash, toʻgʻonning oʻpirilgan qismini tiklash-taʼmirlash borasida zarur koʻrsatmalar berdi. Ofatdan jabr koʻrgan aholi bilan muloqot qildi.
Koronavirus bilan bogʻliq bugungi vaziyatda xalqimiz boshiga tushgan bu sinovli kunlar hamjihatlik, mehr-oqibat rishtalari bilan barham topmoqda. Shunday damda xalqimiz tahlikaga tushmasdan, aksincha, yana-da jipslashdi. Toshkent va Jizzax viloyatining hududga tutash tumanlari aholisi sirdaryoliklarga uyining toʻridan joy bergan boʻlsa, yurtimizning barcha hududlaridan turli tashkilotlar, tadbirkorlar, oddiy odamlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, gigiyena vositalari, pul mablagʻlaridan iborat saxovat karvonlari peshma-pesh yuborilmoqda.
Mazkur xayrli tashabbusga Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA ham qoʻshilib, “Bir quti saxovat!“ aksiyasini eʼlon qilgan edi. Mazkur aksiyada yurtdoshlarimiz faol ishtirok etib, qisqa fursatda 100 million soʻmlik oziq-ovqat, kiyim-kechak, gigiyena vositalari, 21,5 million soʻm va 2 ming AQSH dollari miqdorida pul mablagʻi yigʻildi.
Bu mahsulotlar viloyatning Mirzaobod va Sayxunobod tumanlaridagi ofatdan jabr koʻrgan aholiga yetkazib berildi.
Dastlabki manzil – Sayxunobod tumanidagi “Temurbek – Shahrizoda hamkor“ xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi boʻldi. OʻzA jamoasi bu yerga vaqtincha joylashtirilgan sardobaliklar bilan suhbatlashdi, ularning qaygʻusiga sherik boʻlib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur mahsulotlarni ulashdi.
– Shunday kunlarda xalqimiz birdamligi, mehr-oqibati barchamizga katta kuch, ruhiy madad bermoqda, – dedi Sayxunobod tumani hokimi Botir Mirzaqulov. – Bugun mamlakatimizning rasmiy axborot agentligi – OʻzA, yaʼni yetakchi jurnalistlar jamoasi tashabbusi bilan yigʻilgan zarur mahsulotlar olib kelingani aholiga yana-da koʻtarinki ruh bagʻishladi. Barcha soha vakillarining bu kabi qoʻllab-quvvatlovi talafotlarni birgalikda yengib oʻtishimizda katta yordam beradi, albatta.
Shuningdek, tumandagi “Baxmalsoy“, “Oʻzbekiston“ va “Madaniyat“ MFYdagi 500 oila ham sardobalik qoʻshnilarini oʻz bagʻriga joylashtirgan. Saxovat karvonidagi yuklar ularga ham boʻlib berildi.
Shu kuni “Bir quti saxovat!“ aksiyasi doirasida yigʻilgan mahsulotlar Mirzaobod tumani Turgʻun Ahmedov nomidagi va “Mirzachoʻl“ mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi oilalarda joylashgan aholiga ham yetkazildi.
Aksiyada yigʻilgan zarur mahsulotlar bilan bir qatorda kelib tushgan pul mablagʻlari har ikki tumanda joylashgan ofat jabrdiydalariga boʻlib berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |