Sardobada roʻy bergan fojiali voqealar hech bir oʻzbekistonlikni befarq qoldirmadi, qalblar larzaga keldi.
Elimiz tezlik bilan sardobaliklarga yordam qoʻlini choʻza boshladi. Bu ofat faqat sardobaliklarning emas, hammamizning boshimizga kelgan ofat. Bugun buni his qilgan har bir hamyurtimiz yordamga shoshilmoqda. Katta-katta yuk mashinalarida yurtimizning turli chekkalaridan saxovatpesha insonlarimiz oʻz xayriyalarini joʻnata boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari ham bu savobli ishlardan chekkada qolmadi, zudlik bilan yetib borib, amaliy yordam koʻrsatishni boshlab yubordilar. Jabr koʻrgan insonlarga zaruriy mahsulotlar, boshpani bilan taʼminlash ishlari olib bormoqdalar.
Xususan, Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan bir necha yuk avtomashinalarida jami 50 million soʻmdan ziyod kundalik roʻzgʻor uchun zarur boʻlgan kartoshka, piyoz, karam, sabzi, un, goʻsht, yogʻ, makaron, turli konserva va shirinliklar, shakar, tuxum, guruch, sut mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlar bilan birga issiq kiyim-kechaklar, roʻzgʻor buyumlari, gigiyenik vositalar, badiiy kitoblar, oʻquv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.
Shu bilan bir qatorda Prezident Xalq qabulxonalari xodimlari Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari kabi bir qator idoralar vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar koʻrgan hududlar aholisi muammolarini oʻrganib, zudlik bilan joyida hal etishmoqda.
Talab etilgan joylarda qurilishi, taʼmirlash ishlarida ham faollik bilan ishtirok etmoqdalar. Yuzdan ziyod xonadonlarga kerakli boʻlgan barcha qurilish anjomlarini, mahsulotlarini yetkazib, quruvchi mutaxassislar bilan, el bilan bunyodkorlik ishlarida yelkama-yelka mehnat qilmoqdalar.
Bu ofatni albatta hamjihatlik, matonat, birlik bilan yengib oʻtamiz. Sardobaliklarning davlatimiz va olijanob xalqimiz koʻmagida tez orada yana hayotlarini oʻz iziga tushirib olishlariga ishonamiz. Buning uchun esa Prezident Xalq qabulxonalari bir zumga boʻlsa ham oʻz shijoatlarini, mehnatlarini susaytirmaydi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |