Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat sababli davlatimiz rahbarining shaxsiy topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov boshchiligida Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari hamda respublikamizning barcha hududlaridan Xalq qabulxonalari vakillari talofat ko‘rgan qishloqlarga zudlik bilan etib bordi.
Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida suv toshqinidan zarar ko‘rgan 24 ta mahallada vaziyatni o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida Sardoba shaharchasida Prezident Administratsiyasi vakillari rahbarligida tezkor Shtab tashkil etildi.
Ushbu Shtab qoshida yo‘nalishlar bo‘yicha 12 ta ishchi guruhlari tuzilib, uning tarkibiga Prezident Xalq qabulxonalari, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xizmatlari markazlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Ermulkkadastr xodimlari kiritildi.
Tezkor Shtab tomonidan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi va unining ijrosini ta’minlash ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi.
Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlari ofatdan zarar ko‘rgan har bir xonadonga borib, oilalarning turar-joylari va mol-mulklariga etkazilgan zararlar aniqlanmoqda. Uyma-uy yurish orqali har bir oilaning turar-joylari, qo‘shimcha binolari (oshxona, omborxona, molxona, hammom, tandirxona, garaj va boshqalar), maishiy buyumlari, transport vositalari, qoramollari, otlari, qo‘y-echkilari, parrandalari, bog‘lari, issiqxonalariga etkazilgan zararlar hamda yo‘qolgan hujjatlari aniqlanmoqda.
Prezident Administratsiyasi xodimlari ofatdan zarar ko‘rganlarning har qanday muammosini hal etish, jabrlangan fuqarolarning murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishi hamda ularda ko‘tarilgan masalalarning joyida hal etilishini ta’minlamoqda.
Xususan, joriy yilning 7-may holatiga ishchi guruhlari tomonidan Sardoba tumanining “Qo‘rg‘ontepa”, Oqoltin tumanining “Ahillik” va “Saxovat” mahallalardagi 1300 dan ortiq xonadonlar o‘rganilib, birinchi kunlardayoq 1000 ga yaqin oila kundalik ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan idish-tovoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, gigienik vositalar hamda issiq kiyim-kechaklar bilan ta’minlandi.
Shu bilan bir qatorda hududlarda tozalash, ta’mirlash va qurilish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, bugungi kunda joylarda chiqindilarni olib chiqish, yo‘llarni ta’mirlash, aholini suv, elektroenergiya va gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish ishlari ketmoqda. Jami bu ishlarga 20 mingdan ziyod ishchilar hamda 3.5 mingga yaqin maxsus texnika jalb etilgan.
Ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |