2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Andijonda yangi mahalla

Prezidentimiz tashabbusi bilan nogironlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar ehtiyojmand oilalarga chinakam quvonch olib kirmoqda.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani “Xidirsha” mahalla fuqarolar yig‘ini Qozoq massivida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun qurilgan yangi uy-joylar o‘z egalariga topshirildi. 

“Obod qishloq” dasturiga asosan yangilangan loyiha bo‘yicha barpo etilgan namunali uylar 115 xonadonga mo‘ljallangan.  Uylarni topshirishga bag‘ishlangan marosimda 82 ta uyning kaliti xonadon sohiblariga topshirildi. 

–Uy barchamizga manzur bo‘ldi,  - deydi Ruslan Tolibov.  – Ochig‘i,  bunday shart-sharoitlari to‘kis uy-joyga ega bo‘laman,  deb sira o‘ylamagandim. 

Ayniqsa,  mahallamizning osoyishta,  bahavo maskanda qad rostlagani,  240 o‘rinli alohida maktab,  mahalla guzari barpo etilayotganidan boshimiz ko‘kka etdi. 

Tadbirda ishtirok etgan Andijon viloyati hokimi Ch. Abdurahmonov “Obod qishloq”,  “Obod mahalla” dasturlari asosida viloyatda olib borilayotgan ishlar,  Andijon shahri aholisi tobora ko‘payib borayotgani,  shu bois shahar hududini kengaytirish Bosh reja asosida amalga oshirilayotgani haqida so‘z yuritdi.  Yangi barpo etilgan mazkur mahalla endi Xo‘jaobod tumani emas,  Andijon shahri tarkibiga kirishini bildirdi.  Ushbu zamonaviy mahallaga “Mustaqillikning 27 yilligi” deb nom berildi. 

24.07.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar