2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Daromad manbai boʻlsa kambagʻal oila qolmaydi...

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi “Nursux” mahallasida yashovchi Shohista Rahmonova tomorqasiga 0,5 sotix issiqxona qurib berildi. Tuman bandlikka koʻmaklashish markazi oilaga urugʻlik, sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya mablagʻlari ajratdi.

Erta koʻklamda issiqxonaga ekilgan pomidor hosilga kiribdi. Xonadon sohiblari ekinlar rivojidan mamnun. Ehtiyojlaridan orttirib daromad ham olmoqda.

 

–Tomorqa ekin maydonidan unumli foydalanish uchun urugʻlik, koʻchatlar yetkazib berish yuzasidan takliflar berishgani ayni muddao boʻldi, – deydi kichik issiqxona yumushlar bilan andarmon boʻlayotgan Shohista Rahmonov. – Endilikda issiqxonamizni kengaytirishni koʻzlab turibmiz. Bu oilamiz daromadini oshirish, farovonligini taʼminlashning muhim omillaridan.

 

Bir qaraganda hamma ish risoladagidek koʻrinadi. Lekin tadbirkorlik, tomorqachilik borasida oʻziga xos tajribaga ega boʻlgan mahalla fuqarolar yigʻinida 25 ta kambagʻal, ehtiyojmand oilalar roʻyxati shakllantirilganidan taajjublandik. Bitta mahallada shuncha kambagʻal oila bormi? Savol nazari bilan mahalla fuqarolar yigʻini raisi Husanboy Qoʻldashevga yuzlandik.

 

–Buncha kambagʻal oilalar yoʻq. Lekin ishsiz, yakka-yolgʻiz, nogironligi boʻlgan oilalar ham ana shu roʻyxatga kiritilgan. Ayni kunda koʻchaboshilar, kengash aʼzolari, faollar bilan hamjihatlikda kambagʻal oilalarning yangi roʻyxatini shakllantiryapmiz. Unga koʻra, 2 ta nochor oilani kambagʻalikdan chiqarish choralari koʻrildi, 11 nafar kam taʼminlangan fuqarolar xaq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 12 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

 

Aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab- quvvatlash, yoshlarni zamonaviy hunarga oʻrgatish, shaxsiy tomorqadan samarali foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani ehtiyojmand oilalarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini bermoqda.

 

–Shu kunga qadar kambagʻal, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarga 63 ta yengil tipda bepul issiqxonalar qurib berildi, – deydi moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston tumani hokimi oʻrinbosari Olimjon Sattorov. – Bundan tashqari, 879 ta ehtiyojmand hamda 307 ta kambagʻal oilalarga bosqichma-bosqich yordam koʻrsatish orqali kambagʻalikdan chiqarish borasida zaruriy chora-tadbirlar belgilangan. Bu avvalo ehiyojmand va kambagʻal oila vakillarini ishga joylash, tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar berish, issiqxona va dehqonchilik xoʻjaliklari tashkil etish, uy xoʻjaliklarini yuritish uchun bepul tikuv mashinalar olib berish yoʻli bilan bartaraf etiladi.

 

Hozirgi kunda mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan kam taʼminlangan oilalarga nafaqa tayinlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan. Biroq, nafaqa berish bilan kambagʻallik, ehtiyojmandlikni kamaytirib boʻlmaydi. Buning uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, odamlarning boqimandalik kayfiyatini yoʻqotish, tadbirkorlik sohasiga yoʻnaltirish, shaxsiy tomorqa maydonlaridan samarali foydalanish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish talab etiladi. Buning uchun ozgina mehnat, izlanish, intilish boʻlsa kifoya.

28.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar