2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ko‘cha va xonadonlar yanada obod bo‘ladi

Qoraqalpog‘istonda “Jonajon yurtim obodligiga o‘z hissamni qo‘shaman” shiori ostida obodonlashtirish ishlari boshlandi. Unga ko‘ra, barcha mahallalardagi ko‘chalarni, xonadonlarni obodonlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” tadbirlari doirasida fuqarolar yig‘inlari hududida istiqomat qilayotgan yordamga muhtoj oilalarning uy-joylari ta’mirlanadi, mavjud muammolar bartaraf etiladi.

Ushbu tadbirlar ijrosini ta’minlash uchun hududlarda shtab hamda ishchi guruh tuzilgan. Shahar va tumanlarga mutaxassislar mas’ul qilib belgilangan.

Guruh a’zolariga barcha mahallalarni obodonlashtirish maqsadida iyunь-iyulь-avgust oylarida aholi o‘rtasida targ‘ibot va amaliy choralarni amalga oshirishga qaratilgan vazifalar belgilangan. Hokim o‘rinbosarlari rahbarligidagi shtab a’zolari mahallalardagi xonadonlarni obod qilish bo‘yicha rejalari ishlab chiqilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimiz joriy yil 5-6-iyunь kunlari Farg‘ona viloyatiga safari davomida mahallalar obodligi, ko‘chalar va xonadonlarning tozaligini ta’minlash, aholining yordamga muhtoj qatlamiga har tomonlama yordam berish ishlarini yanada ko‘chaytirish bo‘yicha vazifalarni belgilab bergan edi. Shu topshiriqlar ijrosi bo‘yicha hozirda hududda keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi.

13.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar