Tadbirkor Gulinur Abdullayevaning turizm sohasiga oid yangi investitsiya loyihasi nihoyatda jozibador boʻlib, koʻpchilikning eʼtiborini tortdi. U Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi eski qurib qolgan koʻl boʻyida “Orom” dam olish zonasi barpo etmoqchi. Bu yerda restoran, akvapark, kottejlar, daryo boʻyida baliqchilik hududi barpo etiladi.
Tadbirkor biznes rejasiga koʻra, koʻlga yangidan suv olib kelinib, yangi hayot baxsh etiladi. Shuningdek, bu yerdagi oshxonalarda dunyodagi turli xil davlatlarning mazali taomlarini tayyorlash ham yoʻlga qoʻyiladi. Maqsad oromgohga turistlarni jalb qilib, yangi ish oʻrinlari yaratish. Buning uchun yetarli miqdorda elektr energiyasi va kanalizatsiya masalasida mahalliy hokimlikning yordami kerak boʻladi. Loyihaning umumiy qiymati 40 million AQSH dollari iborat boʻlib, mingga yaqin ish oʻrinlari yaratiladi. Mazkur loyiha ham joyida batafsil oʻrganib chiqilib, ijobiy hal etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Yaqinda Boʻstonliq tumanidagi “Xumson bulogʻi” oromgohida karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilingan sayyor qabulda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov tomonidan 300 nafarga yaqin tadbirkorning muammosi koʻrib chiqildi. Tadbirda ishtirokchilari murojaatlarining aksariyati turli xil turistik obeʼktlar qurish uchun yer maydoni ajratilishi bilan bogʻliq boʻldi. Bu ishchi guruhiga eng sara loyihalarni tanlash imkoniyatini berdi.
Toshkent viloyati axborot xizmati xabar qilishicha, Boʻstonliq tumanidagi “Chorvoq” erkin turistik zonasida tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar berilayotganligi investorlarning turizmga boʻlgan qiziqishini oshirmoqda. Tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqib, tumanda turizm jadal rivojlanib bormoqda.
Xususan, tadbirkor Abror Adhamov taqdim etgan loyihaga koʻra, Boʻstonliq tumanida bir gektar maydonda koʻp tarmoqli reabilitatsiya markazi barpo etiladi. Loyiha muvofiq, 7-8 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilib, zamonaviy shifo maskani quriladi. “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasiga joy soʻrab, barcha zarur hujjatlarni topshirgan. Agar markaz ishga tushsa, 100 kishi yotib davolanish imkoniyatiga ham ega boʻladi, 150-200 kishi ish bilan taʼminlanadi. Sayyor qabulda tadbirkorning loyihasi ijobiy baho oldi.
Tadbirda respublika ahamiyatiga molik vazirlik va idoralar vakillari hamda viloyatdagi toʻrtta sektor rahbarlarining ishtirok etishi koʻtarilgan asosiy masalalarni joyida hamda bamasahat hal etishga yordam berdi.
– Biz bundan uch yil muqaddam Nanay qishlogʻida sobiq poliklinikaning ikkita binosini sotib oldik, – dedi tadbirkor Ahmadjon Umarov. – Qariyb 5 milliard soʻmga yaqin investitsiya kiritib, dam oluvchilar uchun uch qavatli mehmon uyi barpo etdik. Lekin binoda qishloq vrachlik punkti ham joylashganligi bois, faoliyatimizga xalaqit bermoqda. Shu bois, yangi qishloq vrachlik punkti binosi qurish uchun uchun yer ajratilsa, biz uni bunyod etish niyatimiz bor. Ushbu taklif bilan hokim qabuliga kelgandik, muammomiz ijobiy hal etilib, tegishli tashkilotlarga topshiriq berildi. Albatta, biz bundan xursandmiz.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |