2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bekobodlik yoshlarga dehqonchilik qilish uchun er ajratildi

«Har bir yoshga bir gektar» loyihasi doirasida 10 gektardan ziyod er maydonlari bekobodlik 10 nafar yoshga dehqonchilik qilish uchun ajratildi.

Ushbu maydonlar ekinga tayyorlanib, dehqonchilik ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, 1,3 gektar sabzavot, 0,7 gektar poliz, 1,5 gektar dukkakli ekinlar, 3 gektar boshoqli don ekinlari va 1,5 gektar kartoshka ekish uchun hamda 5 gektar esa bog‘ yaratish uchun imkoniyatlar yaratib berildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i Jahongir Alimov yoshlarga har bir qarich erdan unumli va samarali foydalanishi, oilasi daromadini yaxshilashi kerakligi to‘g‘risida taklif va tavsiyalarni ham berib o‘tdi.

– Men bugun 1 gektar erning egasi bo‘ldim, – deydi Javohir O‘rinboev.– – Bundan xursandman. Kelgusida o‘zimga ajratilgan erlardan to‘g‘ri foydalanib, ekindan yuqori hosil olib, oilam daromadini yaxshilashga, yuqori hosildorlikka erishsam xalqimiz dasturxonini qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirishga o‘z hissamni qo‘shaman.

Viloyat aholisi soni ortib borishi bilan bir qatorda uning mehnat bilan bandligini ta’minlash masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi «Har bir yoshga bir gektar» loyihasi asosida ajratib berilayotgan erlar yoshlarga imkoniyat eshiklarini ochadi.

Hududda tadbirkorlik istagini bildirgan fuqarolar uchun imtiyozli kredit berish bo‘yicha ham ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Bugungi sinovli kunlarda ham bu borada amaliy ishlar tizimli ravishda davom etmoqda.

24.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar