2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallalar obod maskanga aylanadi

Sayxunobod tumani Ittifoq mahalla fuqarolar yigʻinida mahallalarni obod qilish, ehtiyojmand, kambagʻal oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy ahvolini yaxshilashga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Sirdaryo viloyati hokimligi boshchiligida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi sektor rahbarlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash viloyat boshqarmasi va tuman, shahar boʻlimlari boshliqlari, tumandagi oʻzini oʻzi boshqarish idoralari vakillari ishtirok etdi.

 

Prezidentimiz tomonidan aholi muammolarini aniqlash va hal etish mahallani xalq bilan davlat oʻrtasida ishonchli koʻprik boʻlishini amalda taʼminlash maqsadida joriy yilning fevral oyida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashkil etilib, ushbu vazirlikning quyi boʻgʻini boʻlmish mahalla fuqarolar yigʻinlariga katta imkoniyat va sharoitlar yaratib berish mexanizmi ishlab chiqildi.

 

Bugungi kunda mahalla fuqarolari yigʻini tizimida faoliyat yuritayotgan mutasaddilarning asosiy vazifasi – kambagʻallikni qisqartirish, fuqarolarning muammolarini tizimli hal etish va hudud obodligini taʼminlashdan iborat. Obodlik kishining koʻziga zavq bagʻishlab, koʻngillarni nafis va musaffo tuygʻularga toʻldiradi. Yurt obodligiga hissa qoʻshish, avvalo xonadonlarni, koʻcha va xiyobonlarni, bir soʻz bilan aytganda mahallalarni obod qilishdan boshlanadi. Zero, mahallalarimiz obod boʻlsa, yurtimiz obod boʻladi, xalqimiz turmush tarzining farovonligi taʼminlanadi.

 

Bu borada Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashabbusi bilan butun mamlakatimiz boʻylab “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman” shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda.

 

Viloyatning Sayxunobod tumanida 19 ta fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyat yuritadi. Tuman rahbariyati tomonidan asosiy eʼtibor mahallalarni obod qilish, xizmat binosi va moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlashga qaratilmoqda. Xususan, tumandagi 19 ta fuqarolar yigʻinlari uchun zamonaviy shakldagi alohida xizmat binolari qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Shundan 6 ta mahalla binosida qurilish ishlari toʻliq yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirildi. Qolgan 13 tasida esa oxirgi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

 

Kun-kecha Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligida boʻlib oʻtgan koʻrgazmali seminar mahallalarni obod qilish, ehtiyojmand va kambagʻal oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy ahvolini yaxshilash, aholi oʻrtasida mehnatsevarlik va xalqparvarlik tuygʻularini shakllantirish, xalq madaniyati, urf-odatlarini asrab qolish va mustahkamlashga qaratildi. Unda “Obod mahalla” mezonlari asosida viloyatdagi 224 ta fuqarolar yigʻinlarini obod qilishda Ittifoq mahalla fuqarolar yigʻinida amalga oshirilgan amaliy ishlar namuna qilib koʻrsatildi.

 

Seminar ishtirokchilari “Obod xonadon” tamoyili asosida ikkinchi sektor rahbari tomonidan kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirayotgan ijobiy ish tajribasi bilan tanishtirildi. Ittifoq mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Ibodat Yunusova xonadonida oilani kambagʻallik darajasidan chiqarish borasida amalga oshirilgan ishlar yuqori baholandi.

 

– Koʻrsatilgan gʻamxoʻrliklar uchun barcha rahbarlarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman, – deydi Ibodat Yunusova. – Qizim Buxanifa Ergashevaning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida uch quti asalari, 100 dona tovuq, ona-bola sigir berildi. Bundan tashqari, zamonaviy shakldagi tandirxona, tovuqxona, oʻtin saqlash joyi va molxona qurib berishdi. Tinch-xotirjam hayotimiz farovon oʻtayotgan kunlarimiz uchun shukr qilamiz.

 

Seminar ishtirokchilari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Sayxunobod tumani boʻlimi uchun qurib foydalanishga topshirilgan xizmat binosida yaratilgan sharoitlar hamda shu joyning oʻzida maxsus “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha tashkil etilgan koʻrgazma yigʻilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

 

Sayxunobod tumanida mahallalarni obod qilish, aholi turmush tarzi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ish tajribalarini boshqa hududlarda ham amalga oshirishga kelishib olindi.

02.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar