2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda tadbirkorlarga joyida 3 mlrd soʻm undirib berildi

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan vazirlik va markaziy idoralar, hududiy sektorlar, sud organlari rahbarlarini jalb etgan holda Navoiy viloyatining Uchquduq, Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida sayyor qabullar tashkil etildi.

Aholi murojaatlariga asosan hududlardagi ichki yoʻllar tekislanib, tosh-shagʻal, asfalt qoplamalari yotqizildi, elektr energiyasi, ichimlik suvi taʼminoti borasidagi qator kamchiliklar bartaraf etildi, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarga kredit ajratilishida amaliy yordam berildi, ish soʻrab kelganlarning murojaatlari ijobiy yechim topdi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga koʻmak koʻrsatildi. Sud idoralariga oʻz huquqlarini tiklash uchun qilingan murojaatlar ham qonuniy tartibda koʻrib chiqildi.

 

Qiziltepa tumanining “Furqat” mahallasi aholisining ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha murojaati oʻrganib chiqilib, 2-sektor va yoʻl idoralari koʻmagida 7 kilometr yoʻlga qum-shagʻal aralashmasi, qariyb 10 kilometrlik ichki yoʻllarga asfalt qoplamalari yotqizildi. Yana 10 kilometr yoʻlni asfalt qilish “yoʻl xaritasi”ga kiritilib, bu ishlar 2020-2021-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi asosida amalga oshirilishi toʻgʻrisida fuqarolarga atroflicha maʼlumot berildi.

 

Qiziltepa tumanidagi “Demas” mahallasi Qatagʻon qishlogʻi aholisining ham ichki yoʻllar taʼmiri bilan bogʻliq murojaati ijobiy yechim topdi. Ishchi guruhi tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar samarasida qariyb 500 metr yoʻl shagʻallandi.

 

Tumanning “Mayta” mahallasida yashovchi Baxtiniso Tilavova bir hovlida 3 ta oila yashashi, tomorqada issiqxona qurish uchun sharoit borligi, lekin moliyaviy jihatdan imkoniyati yoʻqligini aytib, murojaat qildi. Uning murojaati qabulda oʻrganib chiqilib, kredit ajratishda amaliy yordam berildi. Taʼminotchi korxonalar orqali uning tomorqasiga 2 sotixli issiqxona qurilishi shu kunning oʻzida boshlanib, tayyor holatda topshirildi.

 

Ommaviy qabulda ichki ishlar vazirligi vakillariga tizim idoralari yoʻnalishlarida ham koʻplab murojaatlar kelib tushdi. Xususan, konimexlik Jalgʻas Jakipov 2015-yildan buyon ichki ishlar organlarida ishlashga ishtiyoqi yuqori ekani uchun hujjat topshirib kelayotgani, bu borada unga toʻsqinlik qiladigan qonuniy asoslar yoʻqligi, oʻtgan yillar davomida profilaktika inspektori yordamchisi lavozimida ishlaganligini aytib murojaat qildi. Uning sohada yetarli tajriba orttirgani, qiziqishi va layoqati inobatga olinib, murojaati ommaviy qabul doirasida tuzilgan komissiya tomonidan oʻrganib chiqilib, ijobiy xulosaga kelindi va u ishga qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari tomonidan viloyat boʻyicha oʻtkazilgan jonli muloqotlar doirasida 182 ta fuqaro qabul qilindi. Jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy ishlar boʻyicha hamda iqtisodiy sudlarga oid murojaatlarni koʻrib chiqish natijasida sudlar tomonidan jami 37 nafar shaxs jazoni oʻtashdan muddatidan oldin ozod qilindi, 20 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilrogʻiga almashtirildi, 38 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash tartibi yengillashtirildi. Shular qatorida tadbirkorlik subyektlari, dehqon xoʻjaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlar foydasiga 3 mlrd. soʻmga yaqin 20 ta daʼvo arizalari joyida qanoatlantirildi. Nikohdan ajratish uchun murojaat qilgan 11 ta oila yarashtirildi.

 

Ommaviy qabul jarayonida nogironligi boʻlgan fuqarolarga tibbiy-reabilitatsiya vositalaridan koʻmak koʻrsatildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, koronavirus pandemiyasi sharoitida turmush sharoiti qiyinlashgan xonadonlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan amaliy saʼy-harakatlarga aholida eʼtibor berildi.

 

Qabullarda jami 638 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi va ulardan 644 ta masala qabul qilindi. Muammolarning 310 tasi (48%) joyida ijobiy hal etilib, qanoatlantirildi, 129 tasiga (20%) huquqiy tushuntirish berildi va 206 ta (32%) murojaat koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi.

07.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar