Aholi murojaatlarini hal etish har bir rahbarning birinchi galdagi vazifasi sanaladi.
Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish joylardagi Xalq qabulxonalarining doimiy eʼtiborida. Shundan kelib chiqib, viloyatimizda Xalq qabulxonasi bilan siyosiy partiyalar, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlar oʻrtasida oʻziga xos hamkorlik tizimi yaratildi.
Bu tizimga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar asosida deputatlar oʻzlari saylangan okrugdagi mavjud muammolar haqida maʼlumotlarga ega boʻlib borishmoqda.
Xususan, aholi muammolarini oʻrganish, yoshlar bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga yordam koʻrsatish, tegishli tashkilotlar tomonidan murojaatlarning koʻrib chiqilishi hamda ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar ijrosini joyiga chiqqan holda oʻrganish jarayonlarida deputatlar ishtirokini taʼminlash yaxshi natija bermoqda.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun barcha deputatlar va Xalq qabulxonasi xodimlaridan iborat internet guruhi tashkil qilindi. Mazkur guruh orqali deputatlar har bir murojaatdan elektron tarzda xabardor qilinyaptilar. Xabarda murojaatchi, uning yashash manzili va telefon raqami, ariza mazmuni hamda ijrochi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Mazkur xabar boʻyicha tushgan dalillar asosida deputatlar ijrochi tashkilot bilan hamkorlikda oʻz vakolatlari doirasida murojaatni hal qilish, oʻrganish jarayonlarida ishtirok etishyapti.
Misol uchun, Vobkent tumanida yashovchi fuqaro H.Fatullayevning uy-joyini taʼmirlashda amaliy yordam soʻrab Prezident Xalq qabulxonasi qilgan murojaati tuman Xalq qabulxonasi mudiri M. Mustafoyev, Xalq deputatlari tumani kengashi deputatlari Oʻ.Boboqulov hamda M.Halimovlar hamkorligida oʻrganilib, H.Fatullayevga qurilish materiallari olib berilib, hashar yoʻli bilan uy-joylarini taʼmirlab berish choralari koʻrildi. Hovli-joyi saranjom qilinib, tomorqa yerlariga ekin ekilishi tashkillashtirildi. Murojaatchiga tomorqa yeridan maqsadli foydalanish, yer daromad manbai uni har bir qarichidan unumli foydalanish zarurligi toʻgʻrisida tushuncha va zaruriy maslahatlar berildi.
Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin. Umuman, Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 6 mingga yaqin murojaatning 70 foizi Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qanoatlantirildi.
Yana bir yaxshi tajriba xususida. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyasida har bir deputatga oʻn nafardan ishsiz yoshlar biriktirilib, yil davomida ularni ishga joylashtirish topshirildi. Shu tariqa deputatlar yoshlarni otaliqqa olib, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatmoqdalar, ishsizlarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlarida koʻmaklashmoqdalar.
Bugungi sinovli kunlarda deputatlar xayr-saxovat ishlari bilan ham shugʻullanmoqda. Shu bilan birga, ishsiz qolgan aholini oʻylab, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratmoqda. Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati, “Shohrud” hissadorlik jamiyati rahbari Nodir Hamdamov ana shunday insonlardan biri. U yana bir ezgu ishga qoʻl urdi. “Saxovatlimiz, ish oʻrni yaratamiz!” aksiyasi doirasida ish oʻrnini yoʻqotgan 25 nafar kishining bandligini taʼminladi.
U bunga ayni sinovli kunlarda antiseptik vositalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali erishdi. Deputat yaqin kelajakda kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlash niyatida.
Oliy Majlis Senati aʼzosi, “Parvoz Humo Ravnaq Trans” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari Nurmuhamed Achilov ham mana shunday saxovatpesha tadbirkorlarimizdan. U viloyatimizning chegara hududi boʻlmish Olot tumanida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 1849 ta oilani oʻz otaligʻiga oldi. Ushbu oilalarning jismoniy mehnatga qobiliyatli boʻlgan vakillarini ish bilan taʼminlanmoqda. Aniqrogʻi, “Parvoz Humo Ravnaq Trans” MCHJga qarashli bogʻning qator orasiga sabzavot va poliz ekinlarini ekish orqali ham oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligining oldi olinmoqda, ham ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari daromad manbaiga ega boʻlishmoqda. Shu oilalarning mehnat qilish imkoniyati cheklangan vakillarini esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masʼuliyatini Nurmuhamed Achilov oʻz yelkasiga olgan.
Bir soʻz bilan aytganda, Xalq qabulxonasining siyosiy partiyalar hamda deputatlar bilan yaqin hamkorligi, murojaatlarni hal etishdagi yangicha yondashuv odamlar tashvishini yengillatishga, ularning oʻz hayotlaridan rozi boʻlib yashashlariga xizmat qilmoqda.
Erkin Qudratov,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |