Bugungi pandemiya sharoitida aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, bu borada ishsiz yoshlar muammosiga echim topish davlatimiz oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir.
Bu borada Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Jumladan, ishsiz yoshlar bandligi ta’minlash maqsadida, joriy yilning fevral oyida Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan «Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Jamiyatga 20 ming gektar er maydoni ajratilib, ishsiz yurgan ming nafarga yaqin yoshlarning bandligi ta’minlandi. Yoshlarga ko‘makchi va elkadosh sifatida Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi biriktirildi.
Xo‘sh, o‘tgan davr mobaynida «Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari» qanday ishlarni amalga oshirdi, qanday natijaga erishdi?
Yil boshidan shu kunga qadar qoraqalpoq yoshlari tomonidan jami 8 ming gektarga yaqin er o‘zlashtirildi, turli ko‘chatlar ekildi. Xususan, 1160 gektariga – beda, 1201 gektariga – makkajo‘xori, 129 gektariga – kungaboqar, 104 gektariga – qovun-tarvuz, 283 gektariga – kunjut, 1295 gektariga – sholi, 123 gektariga – jo‘xori va 16 gektariga – mosh ekildi. Bugungi kunda ayrim ekinlarni yig‘ib olish va ayrimlariga parvarish ishlari olib borilmoqda.
Masalan, bedadan 900 gektari o‘rib olingan bo‘lsa, ulardan chorvachilik xo‘jaliklari uchun jami 410 tonna silos va 11 350 dona presslar jamlandi. Hozirda qolgan ekinlarning 14 gektarida dorilash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu tadbirlarga 46 ta yuqori unumli qishloq xo‘jalik texnikalari jalb etilib, agrotexnik va sug‘orish hamda zararkunandalardan himoyalash ishlari o‘z vaqtida, samarali olib borilishi natijasida ekinlardan ko‘zlangan me’yorda hosildorlik olishga erishilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |