2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Vazir Dehqonobod mahallasi aholisi bilan muloqot qildi

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov Bekobod tumanidagi Dehqonobod mahallasida boʻldi.

Ushbu mahalla Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh boʻlib, tuman markazidan 65-70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahallada 2 ming 460 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda ehtiyojmand oilalar 15 ta, boquvchisini yoʻqotgan oilalar 11 tani tashkil etadi.

 

Mahallada va masʼullar faoliyatida mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Bu haqda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Uchrashuvda aholi bandligiga koʻmaklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar bilan olib boriladigan profilaktik chora-tadbirlar, shuningdek, mahalla tizimini aholiga eng yaqin, uning muammolariga yechim topib beruvchi birlamchi tuzilmaga aylantirish boʻyicha tizim xodimlari oldidagi muhim vazifalar tahliliga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Mahallada aloqa tizimi bugungi kunda qoniqarsiz holatda ekanligi va bu holatni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan koʻrib chiqib muammoni hal etish choralari koʻrilishi aytildi.

 

Mahalla raisining tomorqa, tadbirkorlik va obodonlashtirish boʻyicha oʻrinbosari AdxamBegatov oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli lavozimidan ozod etildi.

 

Mahalla raisi Madamin Xolmirzayev va raisning huquq targʻibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sunnatillo Xoshimovga eski tizimdan voz kechib, yangi gʻoya va tashabbus bilan faoliyat yuritishlari uqtirildi.

27.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar