2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mehr-oqibat va yaxshilikdan masrur koʻngillar

Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida 737 ta ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga moddiy yordam pullari tarqatildi.

“Qoʻshtegirmon” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Teshaboyevlar oilasi kuni kecha ogʻir judolikka uchradi: xonadon sohibasi uzoq vaqt davom etgan kasallikdan vafot etdi. Tuman hokimligi vakillari marhumning yaqinlariga hamdardlik izhor qilib, oilaga atalgan pul mablagʻini topshirganlarida xonadon sohibi Rahimberdi akaning yuragi toʻliqdi. Koʻrsatilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Hafizaxon aya Umrzoqova esa “Xoʻjaqishloq” mahalla fuqarolar yigʻinida qizi va nabirasi bilan yashaydi. Hayot bu oilani ham yaxshigina sinovlarda toblagan. Lekin, shukr, el-ulus, mahalla-koʻy ularni qarovsiz qoldirgani yoʻq. Yaqinda bu oilaga 2 bosh mayda shoxli chorva mollari, 200 kilogramm miqdorida bugʻdoy ajratildi, “Saxovat va koʻmak” fondi tomonidan 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari muntazam yetkazib berilmoqda. Shuningdek, mahalladoshlar koʻmagi bilan Hafizaxon ayaga tegishli uyning tom qismi shifer qilindi.

 

Tuman hokimi Alibek Tursunov xonadon egalariga pul mablagʻini topshirar ekan, mamlakatimizda hech kim eʼtibordan chetda emasligini taʼkidladi.

 

– Yaqinda Hindiston davlatiga jarrohlik amaliyotini olish uchun borib keldim, – deydi “Obod yurt” mahallasida yashovchi Shalolaxon opa Joʻrayeva. – Ichki aʼzolarimda kasallik aniqlangan, shunga doimiy ravishda davolanib turaman. Oʻzingizdan qolar gap yoʻq, bugun chet davlatga borib davolanish oson ekanmi?! Bu yoqda karantin, butun dunyoda shu ahvol. Shunga, sal qiynalib qolgan edik. Ammo ming rahmat, mahalla vakillari kunda-kunora holimizdan xabar olishadi, har tomonlama yordam berib turishibdi. Ayniqsa, tumanimiz hokimining xonadonimizga kirib kelgani, hukumat tomonidan ajratilgan moddiy yordam mablagʻini topshirgani bizni judayam xursand qildi. Kuni kecha pensiya va nafaqalarni oshirish boʻyicha farmon qabul qilishdi. Shunday sinovli kunlarda bizga katta eʼtibor qaratishmoqda.

 

Bugun qaysi bir yurtdoshimiz bilan gaplashmang, pandemiya davrida koʻrsatilayotgan yordam uchun oʻzlarining samimiy dil izhorlarini bildirmoqda.

03.08.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar