Pandemiya sharoitida eng yaxshi odat – mutolaa. Nega deganda, qoʻlimdagi kitobni varaqlar ekanman buyuk ajdodlarimizning oʻgitlari hamisha bebaho xazina ekanligiga yana bir bor amin boʻldim.
Bugun barchaning fikri-yodi dunyoda tarqalgan koronavirusning tezroq chekinib, bemorlar tezroq forigʻ boʻlishlarida. Tilagimiz, barcha bemorlar shifo topib, qolganlar ushbu kasallikka duchor boʻlmasin.
Har kuni televideniye, matbuot, ijtimoiy tarmoqlarda “Uyda qoling”, “Karantin qoidasiga qatʼiy rioya qiling”, “Qoʻllaringizni sovunlab yuving”, “Antiseptik vositalaridan foydalaning”, “Qoʻl berib koʻrishmang”, degan hayotiy daʼvat. Bu daʼvatni shifokorlar, jurnalistlar, ichki ishlar, milliy gvardiya xodimlari, barcha masʼullar takror va takror aytmoqda. Bu haqda maqolalar, koʻrsatuvlar, har bir savolga mutaxassis javoblari oʻz vaqtida berib borilmoqda.
Keyingi kunlarda bemorlarning sogʻayish koʻrsatkichlari oshib borayotgani quvonarli hol, albatta. Shu bilan birga, yana kasallik aniqlanayotganini kuzatar ekansiz, beixtiyor “bu kasallikka qarshi yana qanday kurashish mumkin?”, degan savol oʻylantiradi. Ayni paytda yurtimizda mazkur ofatga qarshi keng koʻlamli ish olib borilayotganligidan taskin topasiz.
Biroq har qanday holatda ham kasallikni yuqtirib olmaslik, avvalo, har bir fuqaroning oʻziga bogʻliq. Bunga misollar juda koʻp. Birinchi omil – himoya niqobi. Aynan niqob havo orqali kelayotgan virusni toʻsib qolish imkoniyatiga ega. Ikkinchi omil – qoʻlni sovunlab yuvish va antiseptik vosita bilan dezinfeksiya qilish. Demak, imkon qadar tana aʼzolarimizni biron narsaga tegib ketmasligiga erishishimiz kerak. Buning yechimi esa qoʻlqop taqishda.
Har bir inson oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishish uchun koʻplab rejalar tuzadi. Qay birini bugun, qay birini ertaga amalga oshirish kerak. Orzu-havas – tiriklik neʼmati. Lekin unga shukrona va qanoat bilan yetishish goʻzal hayotning gultojidir. Achchiq haqiqat shuki, toʻylar va xursandchilik onlari koronavirus tufayli ayrim xonadonlarda azaga aylandi.
Modomiki shunday ekan, oʻttiz nafar yaqinlaringiz bilan vaziyatni toʻgʻri baholab, toʻgʻri xulosa chiqarib, ushbu tadbirni oʻtkazing. Dabdaba azaldan yaxshilik keltirmagan.
Salomatlik – bebaho neʼmat. Uni asrab-avaylash oʻz qoʻlimizda. Bu borada bobomiz Abu Rayhon Beruniy “Neʼmatning qadri u yoʻqolgandan keyin bilinadi”, deydi. Demak, neʼmatni borida asraylik.
Afsuski, kasallanish davom etyapti. Ayrim hollarda oddiy qoidalarga rioya qilmay, kasal boʻlib qolayotganlar uchrayapti. Himoya niqobining ogʻirligi bir necha gramm, xalos. Uni yuzimizga taqib olsak, ishoning, juda ogʻir yukdan xalos boʻlamiz.
Abu Ali ibn Sino bobomiz “Biz zohiriy kasalliklarni davolash yoʻllarini yozib qoʻydik, bizdan keyingilar botiniy illatlarga shifo topadi, deb umid qilamiz”, deydi. Qarangki, kelgusi avlod tashqaridan kirib kelishi mumkin boʻlgan kasalliklarni aniqlab, unga chora koʻrishi kerakligini buyuk ajdodimiz allaqachon aytib oʻtgan.
Ayrim hollarda matbuotda boʻlayotgan voqelikni eshigi berk koʻchaga oʻxshatib tasvirlanayotgan jumlalarni ham oʻqib qolasiz. Balkim toʻgʻri, boʻlgan voqeadir, lekin unutmaslik kerakki, uning oqibatida qanday oʻzgarish yuz berishini chuqurroq fikrlaydigan boʻlsak, har bir voqelik achchiq xulosani yoki yorqin ixtironi yuzaga keltirishi mumkin. Shunday hollarda jumlalar insonni fikrlashga, yangilikka, ezgulikka chorlovchi fikrlar bilan yakunlanishi muhim.
“Xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, koʻrsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz oʻz xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda uni yashirmay shifokorlarga oʻz vaqtida murojaat qilsa, biz bu kasallikni, albatta, yengamiz”. Davlatimiz rahbarining xalqimizga murojaatidagi ushbu soʻzlar ajdodlarimizning oʻgitlariga naqadar hamohang. Ularga qatʼiy rioya qilish esa har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |