2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda 50 dan ortiq murojaat koʻrib chiqildi

Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Umarov Peshkoʻ tumanda aholi bilan sayyor qabul oʻtkazdi.

Viloyat rahbariga fuqarolar tomonidan kommunal soha, bandlikni taʼminlash, qishloq infratuzilmasini yaxshilash, bank krediti, uy-joy uchun yer ajratish, uy-joyni kadastrdan oʻtkazish, ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, maktablarga qoʻshimcha binolar qurish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa masalalar bilan murojaatlar qildi.

Qabulda 50 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Har bir murojaat mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari tomonidan atroflicha oʻrganildi.

Murojaatlarning 11 tasi joyida hal etildi. 7 nafar fuqaroga huquqiy tushunchalar berildi. 34 ta murojaat boʻyicha tegishli viloyat rahbarlariga ijrosi qonun doirasida oʻrganib chiqilib ijobiy hal etish boʻyicha topshiriq berildi.

– Bizning Qoʻrgʻon qishlogʻi aholisini koʻp yillardan beri qiynab kelayotgan masalalar bor, – deydi tumandagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Qoʻrgʻon qishlogʻida yashovchi Rafiq Halimov. – Keyingi yillarda aholi sonining oshganligi sabab qishloqdagi transformatorning elektor energiyasi bilan taʼminlash quvvati pasaydi. Transformator yaroqsiz holga kelib qolgan. Har kuni chiroq oʻchishi kuzatiladi. Yana bir masala. Qishloq ichki yoʻllari taʼmirlanmagan.

Viloyat rahbari Qoʻrgʻon qishlogʻi aholisini qiynab kelayotgan mazkur masalani mutasaddilar bilan muhokama qildi. Natijada Qoʻrgʻondagi transformator oktyabr oyiga qadar yangilanadigan, ichki yoʻllar shagʻallashtiriladigan boʻldi.

Qabulda Gʻijduvon, Vobkent, Qorakoʻl tumanlari va Buxoro shahridan kelgan fuqarolarning ham murojaati tinglandi. Ularning muammolari ham qonun doirasida koʻrib chiqish boʻyicha mutasaddilarga yoʻnaltirildi.

– Avtobekat qurish uchun yer maydoni ajratilishini soʻrab murojaat qildim, – deydi Gʻijduvon tumani “Buktaroy” mahalla fuqarolar yigʻini Naymanobod qishlogʻilik Hamza Rahmonov. – Viloyat rahbari mazkur masalada mutasaddi rahbarlarga topshiriq berdi. Agar masala ijobiy hal etilsa, yangi ish oʻrinlari yaratishni maqsad qilganman.

Sayyor qabulda shuningdek, tumandagi korxona va tashkilotlarning boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi ham tashkil etildi.

photo_2020-09-11_18-03-58.jpg

 

photo_2020-09-11_18-03-59.jpg

 

11.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar