Xorazm viloyatining “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan barcha maskanlarida “Obod qishloq ayollari tashabbuskor va faol” mavzuida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Viloyat xotin- qizlar qo‘mitasi topshirig‘i bilan viloyat hokimiyati tomonidan tuzilgan ro‘yxat asosida targ‘ibot va tashviqot ishlari guruhi tuzildi. Viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova rahbarligidagi guruh Xiva shahri va Xiva tumanidagi tadbirlarga mas’ul etib tayinlandi.
Xiva tumanidagi Chanashiq va Doshyoq qishloqlari “Obod qishloq“ dasturiga kiritilgan. Tumanning eng chekka qishloqlaridan biri bo‘lgan Chanashiq qishlog‘idagi Xiva va Diyor ko‘chalarining yo‘llari zamon talablariga mos tarzda ravonlashtirilib, tekislandi. Qishloq ahli uchun namunali mahalla guzari qurilishiga, hovlilarning tashqi qiyofasining go‘zalligi va tomorqalarning obodligiga alohida e’tibor berilyapti. Viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi targ‘ibot va tashviqot guruhi uyda o‘tirgan ayollar bilan mahallaning obodonchiligiga qanday hissa qo‘shishi mumkinligi haqida jonli suhbatlar uyushtirishdi. Qishloqlar, xonadonlar obodligi tomorqalardagi samarali mehnat, hosilning mo‘l to‘planishiga bog‘liqligi xususida tushuntirishlar berishdi.
Xorazm viloyatida men ham OAVsi vakili sifatida tadbirlarda qatnashib, obod qishloq haqida tushuncha berib, unga har bir inson, ayniqsa, uy bekalari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishi katta ahamiyatga ega ekanligi va boshqa viloyatlardagi namunali obod qishloq dasturiga kiritilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdim.
“Mehr bulog‘i“ markazi rahbari Durdiposhsha Bekchanova, viloyat perinatal markazi bo‘lim boshlig‘i, akusher ginekologlar Shodiya Yusupova, Feruza Ro‘zmetovalar ayollarga bolani ona suti bilan boqishning ahamiyati, tug‘ruq oralig‘i, reproduktiv salomatlik va boshqa masalalarda jonli suhbatlar uyushtirishdi. “Hasan Basriy” masjidi imomi Sanjar Sapaevning erta nikoh va ajralishlarning oldini olish xususidagi fikrlari ham barchada qiziqish uyg‘otdi. Dilbar Bekchanova tomorqaga ekish mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida o‘z tomorqasiga ekkan ekinlari o‘z tajribasidan kelib chiqib maslahatlar berdi. Shahardagi kichkina tomorqasida turli xil dala mahsulotlarini ekib, oilasini tabiiy mahsulotlar bilan ta’minlayotgani, bu oila farovonligiga munosib hissa qo‘shishi bilan birga farzandlarni mehnatga o‘rgatib, chiniqtirib borishini ham ta’kidladi. Uchrashuvlar jonli tarzda o‘tdi.
Eng asosiysi tadbirlar qishloqlarning so‘lim joylarida, gujumlar soyasida bo‘lib o‘tdi. Xorazmliklar gujum daraxtlarini vohaning konditsioneri deyishadi. Darhaqiqat, bunga yozning issiq kunida o‘tkazilgan tadbirlarda ishonch hosil qildim.
Doshyoq qishloqida bo‘lgan uchrashuvni Madina Ollaberganovaga “Doshyoq qishlog‘ining eng tashabbuskor va tadbirkor ayoli” sertifokatini topshirish bilan boshlandi. Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, hokim o‘rinbosari Malika Ismoilova Madina Ollaberganovaga ushbu sertifikatni topshirar ekan, qishloqlarning obodligida ayollarning munosib o‘rni borligini ta’kidladi. Nima uchun Madinaga sertifikat berildi? Chunki, u Doshyoq qishlog‘ida bunyod etilayotgan mahalla guzarining qurilishiga o‘zining shaxsiy tashabbusi va mablag‘i bilan hissa qo‘shmoqda. Guzarda mahalla fondi joylashishi bilan birga atrofida maishiy-madaniy maskanlar, dam olish oromgohlari, militsiya tayanch punkti, o‘quv markazlari qurilishi tasdiqlangan.
Madinaxonning turmush o‘rtog‘i farzandlari bilan birga guzar atrofidagi ikki maskan qurilishini o‘z zimmasiga olishgan. Biri bolalarning dam olish oromgohi bo‘lsa, ikkinchisi, bolalar futbol maydonchasini qurish sa’y harakatlarini boshlab yuborishdi.
Guzarning loyihasini ko‘zdan kechirdik. Unda qishloq odamlarining madaniy- ma’rifiy faoliyatini kuchaytirish, mehnat bilan bandligini ta’minlash borasida ko‘zlangan rejalar amalga oshiriladi. Madina bir umr savdo sohasida ishlagan, ya’ni o‘zining mini savdo tarmog‘i bo‘lgan. Shu bilan birga hovlisi atrofining shinamligi va go‘zalligiga alohida e’tibor berishi bilan ham barchaga namuna. Chamandek ochilgan gullardan bahri dilingiz ochiladi. Tomorqasining orqasida 15ta qo‘y, 2ta sigir, 40 ortiq quyon, ellikdan ortiq tovuq boqib, oilasining farovonligiga, yurtning, mahallaning go‘zalligiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uch nafar kelini, nevaralari bilan yashayotgan ahil bu oila shaxsiy tashabbusi bilan mahallaning e’tiboriga tushgan.
U shunday deydi: Biz kamdan kam go‘sht sotib olamiz.Tovuq va quyon parhez go‘sht, salomatlikka koni foyda. Yana qo‘yon tez, ya’ni uch oyda ko‘payishi bilan juda afzal”. Eshik oldi esa chamandek ochilgan gulzor oldida Madina Ollaberganovaga rag‘batlantiruvchi mukofot topshirildi.
Bular bari tinimsiz izlanish, sa’y-harakatlari mahsulidir. Darhaqiqat, ayollar tadbirkor, saranjom-sarishta bo‘lsa, o‘z uyining atrofini gullatib, yashnatib o‘tirsa, ro‘zg‘or ishlarini aql va farosat bilan olib borsa, xonadoni, o‘z qishlog‘ining farovonligi, obodligini ta’minlaydi.
Ra’no Zaripova,
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |