Davlatimiz rahbarining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, joriy yilda har bir tumanda 2 tadan qishloqda keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining qishloq 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Amudaryo tumanidagi “Nazarxon” ovuli hamda “Qipchoq” shaharchalari “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan.
Dastur amalga oshirilayotgan “Nazarxon” ovulida salkam 4 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi xonadonlari soni 702 tani tashkil qilib, dastur doirasida 115 ta uylarni obodonlashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash maqsadida 6,9 km uzunlikdagi yangidan ichimlik suv quvurlarini yotqizish, elektr tarmoqlari etib bormagan, yangidan qurilgan turar joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangidan 4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini qurish, eskirgan 24,1 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, 1 ta tranformator punktini yangidan o‘rnatish, 3 tasini mukammal ta’mirlash, 5 ta gaz taqsimlagich o‘rnatish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 1,6 km uzunlikdagi gaz tarmoqlarini qurish va ta’mirlash, tabiiy gaz bosimi past bo‘lgan hamda gaz tarmog‘i etib bormagan xonadonlarni 60 dona suyultirilgan gaz ballonlari, 100 tonna ko‘mir va ko‘mir briket mahsulotlari bilan ta’minlash, 5,5 km uzunlikdagi qishloq avtomobilь yo‘llarni joriy ta’mirlash, aholiga transport xizmatini ko‘rsatish hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2 ta bekat tashkil etish, 2 ta ijtimoiy soha ob’ektlarini ta’mirlash, 3 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda bu ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Jumladan, rejadagi 115 ta uylardan 71 tasida ta’mirlash ishlari yakuniga etkazilib, bu ishlarga 355 mln. so‘m miqdorida mablag‘ sarf qilindi. Ovul hududida umumiy uzunligi 6,9 km bo‘lgan ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlari yakunlanib, bu ishlarga 659 mln. so‘m mablag‘ sarf qilindi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylariga 66 ta simyog‘ochlar, 20 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. 4,4 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari, 2 km uzunlikdagi qishloq avtomobilь yo‘llari, ovul markaziy ko‘chasi bo‘yida esa uzunligi 1,6 km bo‘lgan piyodalar yo‘lakchasi tashkil qilindi.
Ovul hududida 2 ta joyda har biri 16 mln. so‘mlik 2 ta avtomobilь to‘xtash joyi qurildi. Ovuldagi suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan “Ko‘k daryo” aholi punktidagi 50 ta xonadonning tomorqa er maydonlarini suv bilan ta’minlash maqsadida 1,3 km uzunlikda yangidan “Qirq jap” kanali qazildi. Loyqa bosib qolgan “Xo‘ja jap” kanalining 1 km qismida tozalash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, aholi tomorqa erlarini suv bilan ta’minlovchi 2,1 km uzunlikdagi ariqlar hamda “Nazarxon-arna” kanalining 2,2 km qismi tozalanib, suv o‘tkazuvchanligi oshirildi.
Aholining taklif va iltimoslariga ko‘ra hududdagi zah suvlari satxini pasaytirish uchun 5,4 km uzunlikdagi kollektorlarda 30 mln. so‘mlik tozalash ishlari olib borildi, 8 gektar er maydonlarida tozalash ishlari amalga oshirildi. Yo‘l bo‘yidagi 16 ta turar-joylar oldidagi ariqlar qazilib, archa daraxtlari ekildi.
“Nazarxon” ovul fuqarolar yig‘ini binosida 200 mln. so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, yig‘in binosi zamonaviy ko‘rinishga va barcha sharoitlarga ega bo‘ldi. Ovuldagi 3-sonli maktab binosida 180 mln. so‘mlik, 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasi binosida 735 mln. so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy ko‘rinish kasb etgan ta’lim muassasalari binolari yaqin vaqt ichida bolajonlarni o‘z bag‘riga chorlaydi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Berdaq qishloq vrachlik punkti binosida 311 mln. so‘mlik mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda binoda ish sur’ati qizg‘in davom ettirilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Nazarxon ovulida mazkur dastur doirasida qilinayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
G‘.Eshniyozov
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |