2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Boshpanasiz qolgan norinlik yolgʻiz ayol uy va ish bilan taʼminlanadi

Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov sektor rahbarlari hamrohligida Norin tumanidagi mahalla, tashkilot, muassasalar boʻylab oʻrganishlari davomida fuqarolar bilan muloqotda boʻldi. Ularning masalalari va dardu tashvishlariga quloq tutdi.

“Yashiq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi Zuhra Abdullayeva hayot sinovlarini sabru bardosh bilan yengib oʻtmoqda. Yolgʻiz boshi bilan 4 yoshli dilbandini kamolga yetkazayotgan ayol uchun uy-joyga ehtiyoji borligi bois mahalladagi sobiq masjid binosidan boshpana berilgandi. Biroq bu yerda yongʻin yuz berib, binoga jiddiy zarar yetgan.

 

Boshpanasiz qolgan norinlik yolgʻiz ayol uy va ish bilan taʼminlanadi

Mavjud vaziyat bilan yaqindan tanishgan viloyat rahbari yolgʻiz onani yangi arzon-uy joy va ish bilan taʼminlash zarurligini aytib, bu borada tegishli soha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Yongʻindan talafot koʻrgan mazkur binoda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va shu orqali hududda mehnatda band boʻlmagan xotin-qizlarni ishga joylashtrish taklifi ilgari surildi.

 

Oʻrganishlar davomida Shavkat Abdurazzoqov tumandagi Bobur, Shahidmozor, Suzoqovul va Qoʻrgʻoncha mahallalarida yashovchi aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Mazkur mahallalarda aholini uzoq yillar davomida qiynab kelayotgan koʻplab muammolar toʻplanib qolgani ayon boʻldi. Ichimlik suvi taʼminoti, ichki yoʻllarning nosozligi, koʻchalarga tungi yoritish chiroqlari va elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash uchun transformator, yangi tayanch ustunlarini oʻrnatish, ichki yoʻllarni taʼmirlash kabi muammolar viloyat hokimining eʼtiborini tortdi. Ayni shu sababli ham Norindagi sharoiti ogʻir mahallalarga 3 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi belgilandi.

 

– Har bir sektordagi bittadan mahallaga 500 million soʻmdan ajratamiz, –dedi Shavkat Abdurazzoqov. – Faqat bu pullar ikki hissa koʻpayishi kerak. Bu qay tarzda boʻladi? Aytaylik, 1 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmogʻi tortish uchun zarur materiallarga 45 million soʻm taqozo etiladi. Agar bunga chetdan ishchi kuchi va texnika olib kelinsa, bu mablagʻ ikki-uch baravar ortib ketishi mumkin. Mahalliy mutasaddilar va aholining oʻzi bunga bosh-qosh boʻlishsa, tejalgan mablagʻni yana boshqa muhim masalalarni hal etishga sarflash mumkin.

30.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar