Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov Soʻx tumanida boʻlib, bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi.
Dastlab, chegara hududda joylashgan Chashma bulogʻiga borib, hududdagi vaziyat, aholining yashash tarzi bilan tanishgan viloyat rahbari aholi bilan uchrashib, ularning dardu tashvishlarini tingladi.
Chashma bulogʻi muqaddas joy. Kelin kuyovlar toʻydan oldin buloq boshiga kelib, oʻz tilaklarini aytishadi. Bu soʻxliklarning azaliy odati. Viloyat rahbari bu manzilga tashrif buyurgan payt yangi kelin kuyovlar ham kelishdi. Kelin-kuyovlar bilan suhbatlashib, ularni tabrikladi va tuyona sifatida televizor sovgʻa qildi. Xonadonlarga kirib, odamlar bilan uchrashdi. Ularning dardu tashvishlariga quloq tutdi va aniqlangan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida mutasaddilarga topshiriq berdi.
Tumanda jadal surʼatlar bilan amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi. Ayni damda Soʻx tumanida yettita besh qavatli zamonaviy uy, 260 oʻrinli zamonaviy maktab, mahalla fuqarolar yigʻini binolari qurilmoqda. Tumandagi birinchi sektor hududi yashovchi aholining ehtiyojini inobatga olib, bu hududda ikkita zamonaviy besh qavatli uy qurilishi dasturga kiritilgan boʻlib, bugun mazkur inshootning ilk tamal toshi qoʻyildi.
Tumandagi “Sarikanda” mahalla fuqarolar yigʻinida “Soʻx namunasi” tikuv fabrikasi faoliyat olib boradi. Mazkur fabrikada ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlarini koʻzdan kechirgan viloyat hokimi fabrika rahbariga faoliyatni kengaytirib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish va chet davlatlarga eksport qilish masalasini aytdi.
- Buning uchun viloyat hokimligi tomonidan qanday yordam kerak boʻlsa biz tayyormiz,- dedi viloyat rahbari.
Mazkur mahallada davlat xususiy sherikchilik asosida mahalliy tadbirkor tomonidan mahalla fuqarolar binosi zamonaviy tarzda bunyod etilmoqda. Viloyat hokimi tadbirkorlarni jalb etib, boshqa mahallalarning binosini davlat xususiy sherikchilik asosida bunyod etilish boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Tumanning Qayroq massivida bir yarim ming gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer mavjud. Oʻzlashtirish uchun albatta suv kerak. Prezidentimiz qarori bilan bugun mazkur hududga Soʻx daryosidan suv tortib chiqarish maqsadida Qayroq nasos stansiyasi qurilmoqda. Buning uchun davlat byudjeti hisobidan qariyb 92 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan. Ayni damda qurilish va montaj ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Jarayonni koʻzdan kechirgan viloyat rahbari bu yerda ishlayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashdi, nasos stansiyasinig loyihasi bilan tanishdi.
Ikkinchi sektor hududida kichik sanoat zonasi yaratilmoqda. Bu hududda dastur doirasida ellik yettita loyiha soʻxlik tadbirkorlar tomonidan amalga tatbiq etilmoqda. Viloyat hokimi yaratilayotgan kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar shtabiga kelib, korxona va tashkilotlar rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida Soʻx tumanini har tomonlama rivojlantirish uchun qoʻshimcha loyihalarni amalga tatbiq etish, odamlarni tadbirkorlikga jalb etib, bu hududda ishlab chiqarish korxonalari hamda dam olish maskanlarini yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |