Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi Energetika vazirligining aholi va ishlab chiqarish quvvatlarini elektr energiyasi va gaz bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi toʻgʻrisidagi axborotini eshitdi.
Yurtimizda 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumiga energetika sohasini tayyorlash hamda yoqilgʻi-energetika resurslarini aholi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlariga barqaror yetkazib berish tizimi joriy etilib, ushbu tizim doirasida Energetika vazirligining markaziy va hududiy shtablari tashkil etildi.
Shuningdek, kelayotgan kuz-qish mavsumiga energetika obyektlarini sifatli tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirildi. Elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha joriy yilning oktyabr oyidan 2021-yil mart oyiga qadar respublikaning jami ehtiyoji 40 milliard 816 million kVatt-soatni tashkil etishi koʻzda tutilgan. Elektr energiyani aholiga betalofat yetkazish maqsadida elektr uzatish tarmoqlarida 400 dan ortiq transformator, 600 tonna transformator moyi, 100 tonna sim zaxirasi hamda 450 ta avariya-tiklash brigadalari tashkil qilingan.
Bugungi kunda isteʼmolchilarni koʻmir bilan taʼminlashda umumiy sigʻimi 362 ming tonna boʻlgan 91 ta ombor xizmat qilmoqda. Ular 84 ta elektron avtotarozi, 126 ta maxsus texnika va kunlik ishlab chiqarish quvvati 4,4 ming tonna boʻlgan 86 ta briket uskunalari bilan taʼminlangan. Yil yakuniga qadar respublika isteʼmolchilariga jami 6 million 995 ming tonna koʻmir mahsulotlarini oʻz vaqtida yetkazib berish rejalashtirilgan.
Joriy yil 1-noyabriga qadar 14 ming 311 ta ijtimoiy soha tashkilotlariga 405 ming tonna hamda 1-dekabriga qadar 2 million 700 mingta aholi xonadonlariga 600 ming tonna mahalliy koʻmir yetkazib beriladi. Ayni kunga qadar aholi ehtiyojlari uchun 116,1 ming tonna va ijtimoiy soha tashkilotlari uchun 254,3 ming tonna mahaliy koʻmir yetkazib berilgan.
Qoʻmita eshituvida taʼkidlanganidek, tabiiy gaz taʼminoti sohasida joriy yil 1-noyabrga qadar 74 kilometr gaz quvurlari mukammal taʼmirlanishi, 44 kilometri rekonstruksiya qilinishi, 605 ta gaz taqsimlash punkti mukammal taʼmirlanishi, 80 ming 334 tasi texnik taftishdan oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. 6 ming 779 kilometr quvurlar bosim ostida sinalishi va tozalanishi hamda 5 ming 289 kilometr yer osti quvurlari maxsus priborlar yordamida tekshirilishi belgilangan.
Eshituvda xalq vakillari uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bir qator takliflar berdi. Xususan, deputat Nodir Tilavoldiyev taʼkidlaganidek, saylov okruglaridagi holatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, joylardagi aholini qiynayotgan eng global masala kuz-qish mavsumida xonadonlarini isitish, qishdan sogʻ-omon chiqib olishdir. Tabiiy gaz mahalliy aholiga uzluksiz yetkazib berilsa va undan samarali foydalanish nazoratga olinsa, eksportga sotiladigan narxga yaqin narxlarda aholi tabiiy gazni bajonidil sotib oladi. Eng asosiysi, oz boʻlsa-da, xalqning ogʻirini yengil qiladi.
Isteʼmolchilarni suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash uchun qoʻshimcha choralar belgilangan boʻlib, xususan, aholiga 386 ming tonna yoki rejadan 80 ming tonna koʻp suyultirilgan gaz yetkazib berish moʻljallangan. Buning uchun mavjud qurilmalarda qoʻshimcha 8 ming tonna va yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga 72 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berish va toʻlovlar jarayonining avtomatlashtirilgan tizimi yil oxirigacha joriy etiladi. Buning uchun grafik asosida 3,5 million dona ID-kartalar va 4,5 million dona bar-kodli maxsus yorliqlar xarid qilinadi.
Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |