Samarqand shahri kunida samarqandliklar uchun yana bir qulaylik yaratildi - shahar Davlat xizmatlari markazining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.
Markazning yangi binosi davlat-xususiy sherikchilik asosida "Kayumov stroy invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bunyod etildi. Bino eng so‘nggi axborot texnologiyalari asosida jihozlangan. 2 qavatdan iborat markazda elektron navbat tizimi 18 ta monitorda aks etib turadi, 36 ta qabul oynasida ko‘rsatiladigan xizmatlarda shaffoflik asosiy mezon sanaladi.
Zamon talablari darajasida jihozlangan ushbu markaz binosida fuqarolar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Shuningdek, shahar fuqarolik holati dalolatnomalari yozish bo‘limi, tadbirkorlar uchun bosh vazir qabulxonasi, investorlar xonasi, advokatura, notarius va sug‘urta bo‘limi, bank kassasi, haydovchilik guvohnomasini almashtirish hamda fuqarolik pasportini berish bo‘yicha shahar ichki ishlar bo‘limi xodimi xonasi ham tashkil etilgan. Bundan tashqari, kutish zalida mo‘’jaz kitob javoni mavjud bo‘lib, fuqarolar bu erda jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlarini mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Binoning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi E. Turdimov va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori U. Muhammadiev ishtirok etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |