Buxoro viloyati 3-sektor rahbari Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuhrat Aliyev Romitan tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
Tadbirda fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Qabulda tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun kredit olish, Romitan tumani hududidan oʻtuvchi ichki yoʻllarni taʼmirlash, nogiron hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari ajratish, Ibn Sino mahalla fuqarolar yigʻini koʻchalariga tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish, mahalla qishloqlarini tabiiy gazga ulash, koʻp qavatli uyning tom qismini taʼmirlash va ichki ishlar organlarining tergov organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi. 1 tasi boʻyicha qonunda belgilangan tartibda tushuntirish berildi. 9 ta murojaat alohida nazoratga olinib, belgilangan muddatda ijro etish uchun qabul qilindi.
Sayyor qabul jarayonida oilalarning moddiy ahvoli, ish bilan taʼminlanganligi va boshqa holatlar oʻrganildi. Fuqarolarga qoʻshimcha daromad topish yoʻllari tushuntirildi.
Qabul davomida tumandagi Ibn Sino mahalla fuqarolar yigʻini Yangihayot koʻchasi 178-uyda yashovchi, fuqaro Nigina Tilavovaning yashash uyidagi 4 sotix yer maydonida issiqxona qurish uchun 30 million soʻmlik, A.Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini Doʻstlik koʻchasi 11-uyda yashovchi fuqaro Bobir Hamdamovga Romitan erkin iqtisodiy zonasida zamonaviy issiqxona qurish uchun 450 ming AQSH dollari, Bogʻcha MFY Bogʻcha qishlogʻida yashovchi, fuqaro Azizbek Madiyorovga chorvachilik yoʻnalishida 30 million soʻmlik kredit mablagʻlari olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi.
Murojaatchilarga “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida kredit ajratish boʻyicha viloyat mutasaddilariga zaruriy topshiriq va koʻrsatmalar berildi. Shu kunning oʻzida hujjatlar rasmiylashtirildi.
– Moddiy jihatdan qiynalib qolgandim, – deydi tumandagi Oʻba mahallasi Xoʻjaobod qishlogʻida yashovchi, 2-guruh nogironi fuqaro Nodira Hojiyeva. – Dori-darmon vositalari olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatim ijobiy hal etildi. Buning uchun minnatdorchilik bildiraman. Dori-darmon sotib olish uchun 300 ming soʻmlik sertifikat hamda 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish uchun qabul qilib olingan 9 ta murojaatlar yuzasidan murojaat mualliflariga oʻrganish natijalari haqida xabar berilishi tushuntirildi. Har bir murojaatni qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun mutasaddilarga zaruriy topshiriq va koʻrsatmalar berildi. Har bir murojaat alohida nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |