2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Nomiga monand Bo‘ston

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani markazi – Bo‘ston shahri nomiga monand maskan. Ayni paytda tuman markazi “Obod qishloq” dasturi asosida yanada chiroy ochib, aholi farovonligini yuksaltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

– “Obod qishloq” dasturiga tumanimizdan Aqchako‘l va Chayka massivlari kiritilgan, – deydi Ellikqal’a tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nietboy Serjanov. – Hozirgacha “Aqchako‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 552 ta uy-joyning 400 dan ortig‘i ta’mirdan chiqarildi. Kam ta’minlangan 13 oila xonadoni ta’mirlab berildi. Yo‘llar ta’miri, ichimlik suvi tarmoqlari tortish, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash ishlari yakuniga etmoqda. Gaz tarmog‘i to‘liq ta’mirlanib, 300 xo‘jalikka suyultirilgan gaz ballonlari etkazib berildi. Umuman olganda, “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 80 foiz ishlar bajarib bo‘lindi. Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik bayramiga qadar barcha ishlar to‘liq nihoyasiga etkaziladi. 

Tuman markazida ko‘p yillardan buyon e’tibordan chetda qolgan madaniyat bo‘limi binosi zamonaviy ko‘rinishda qayta ta’mirlandi.

Ellikqal’a azaldan tamaddunlar to‘qnashgan maskan. Bu erda necha asrlardan buyon hayot qaynab kelgan. Jilov ko‘rmagan Jayhun bir paytlar to‘lib-toshib, o‘zanini Kaspiyga burib ketgan. Shu tariqa bu zamindagi qadimiy tamaddun beshigi o‘z o‘rnini sahro saltanatiga bo‘shatib bergan. Qadimiy Jayhunning Orolga quyilib turgan irmog‘i Aqchadaryoning (uning suvi saqlanib qolgan eng chuqur joyi hozir “Aqchako‘l” deyiladi) ikki sohili bo‘ylab joylashgan qal’alar xarobalari hanuz mahobatli savlati bilan buyuk moziydan sado bermoqda. Qadimda bu diyor ne-ne donishmandu jahongirlarni dunyoga keltirmagan, deysiz. Qadimiy Xorazm nomi bilan tarixdan mustahkam joy olgan buyuk davlat saltanati aynan shu hududda gullab-yashnagan. 

"Oqqan daryo oqmay qolmas", deganlaridek, ming yillar davomida quloch yozib yotgan cho‘listonlar zahmatkash inson qo‘li bilan gulistonga aylanganiga ko‘zlaring ishonmaydi. 

Ellikqal’ada zamon bilan hamnafas insonlarni har qadamda uchratish mumkin. Shunday insonlardan biri tuman tibbiyot birlashmasining shifokor jarrohi San’at Jumaboevdir. U mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni chin yurakdan his etib, sidqidildan mehnat qilayotgan fuqarolardan biri. Shifokorlikdan tashqari baliqchilik, parrandachilik bilan ham shug‘ullanadi. Issiqxonasi ham bor. 

– Bu ishlar farzandlar uchun ibrat, amaliy tarbiyadir, – deydi S.Jumaboev. – Qolaversa, oilaga qo‘shimcha daromad keltiradi. Agar bola mablag‘ qanday kelayotganini ko‘rmasa, turmushga engil-elpi qarab, kelgusida hayot sinovlariga dosh berolmasligi mumkin.

Ellikqal’alik yana bir tadbirkor – Jumaboy Jabborov O‘zbekistonda ilk bor laykrali jinsi matosi ishlab chiqaradigan “Boston mega tekstil” korxonasini ishga tushirib, 200 ish o‘rni yaratish niyatida. Shu korxona bilan birga ish boshlash arafasida turgan “Boston optimsl tekstil” korxonasida ip-kalava va yumshoq sochiqlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Korxona ishga tushishi bilan yana 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. 

Ota kasbi chorvachilik bo‘lgan Isoqjon Husayinov esa quyonchilikni serdaromad soha bilib, tez ko‘payadigan va salmoq bosadigan naslli xikol quyonlarini etishtirmoqda. Uning asl maqsadi kelgusida ushbu quyonlar bosh sonini ko‘paytirib, xorijiy davlatlarga eksport qilishdir. Ushbu loyiha amalda yaxshi daromad beradi. Buning uchun unda aniq biznes-rejalar bor. 

Ellikqal’a tumanida el-yurtni obod va farovon qilish niyatida sidqidildan mehnat qilayotgan fidoyi insonlar ko‘p. Taraqqiyot aynan shunday insonlarning mehnati bilan yuksaladi. 

Esimxon Qanoatov, Maqsad Habibullaev (surat) O‘zA    

14.08.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar