Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani "G‘alaba" mahallasida “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik bayrami arafasida yakunlanadi.
Dastur doirasida 100 bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan chorvachilik majmuasi bunyod etilayotgani shaxsiy yordamchi xo‘jalik egalariga keng qulaylik yaratadi.
Amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarida tuman va viloyatdagi korxona-tashkilotlardan tashqari, bir qator vazirliklar, tijorat banklari vakillari ham faol ishtirok etib, mahallaning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga hissa qo‘shayotir.
Mahalla hududidagi rejasiz va noqonuniy qurilgan eski inshootlar to‘liq buzildi. Yangi namunaviy loyihadagi 112 ta uy qurilishi Mustaqillik bayramigacha to‘liq bitkaziladi.
Dasturni amalga oshirishda odamlarga munosib turmush sharoiti yaratish, zamonaviy inshootlar qurish va xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, yangi uyga ko‘chib o‘tayotgan odamlarga shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritishi uchun zarur sharoit yaratilayotir.
Shu maqsadda sanitariya tozaligiga zarar etkazmaydigan alohida maydonda shaxsiy xo‘jaliklar uchun maxsus loyiha asosida 100 bosh qoramol va 100 bosh qo‘y-echki boqishga mo‘ljallangan chorvachilik majmuasi hashar yo‘li bilan qurildi. Veterinariya shoxobchasi va boshqa yordamchi inshootlarni o‘z ichiga olgan majmuada chorva boqish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Hozir bu erda yangi uyga ko‘chib o‘tadigan oilalarning imtiyozli kredit asosida sotib olgan 100 bosh buzoqli sigiri boqilmoqda. Chorvani parvarishlash va veterinariya xizmati ko‘rsatish uchun “Mirzacho‘l chorva majmuasi” MChJ tashkil etildi. Majmua tarkibidagi veterinariya shoxobchasida ikki nafar mutaxassis ishlayotir. Chorvachilik majmuasida esa 20 ta ish o‘rni yaratildi.
– Bu erda sigirlar shartnoma asosida saqlanadi, – deydi ushbu MChJ rahbari Fayzulla Xolmirzaev. – Har bir sigir o‘rtacha 8 litrdan sut beradi. Shu erdagi sutni qabul qilish shoxobchasi sutning 1 litrini 4 ming so‘mdan sotib oladi. Demak, mol egasi sigir sutidan oyiga 900 ming so‘m atrofida daromad qiladi. Mol parvarishi uchun shartnomaga ko‘ra majmuaga 300 ming so‘m to‘laydi. Qolgan daromadni kredit to‘lovi uchun o‘tkazib bersa, sigir va buzoqlar tekin kelganday gap.
Majmua yonida 200 bosh qo‘y-echki boqiladigan yana bir inshoot qurilmoqda. Bu erga 4-5 litr sut beradigan zotli echkilar olib kelish mo‘ljallangan. Shuningdek, sutni qayta ishlaydigan tsex qurish ham rejalashtirilgan.
Toshqul Beknazarov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |