Qarshi shahrida davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida yangi qurib bitkazilgan ushbu markaz faoliyati bilan tanishdi.
Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiyevning qayd etishicha, Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga 140 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bu yerda elektron navbat tizimi joriy qilingan, maxsus infokiosklar, elektron auksionda ishtirok etish uchun maxsus joy, investorlar va tadbirkorlar bilan biznes-uchrashuvlar o‘tkazishga mo‘ljallangan xona mavjud. Shuningdek, anjuman va seminarlar uchun konferens zal, bufet, kutubxona va bolalar maydonchasi tashkil etilgan.
– Markazda to‘rtta o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish burchagi bo‘lib, u yerdagi kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan, – deydi U.Muhammadiyev. – Bu yerda 300 kishilik qulay o‘rindiq mavjud, fuqarolar navbat kutishi va shu asnoda ovqatlanishi yoki kitob o‘qishi mumkin. Shuningdek, markazda bir necha turdagi pullik xizmatlar ham mavjud. Ya’ni, fuqaro davlat xizmatidan foydalangandan so‘ng pullik xizmatga ishi tushsa, bu yerda bemalol ishini bitirishi mumkin. Bu ham vaqtni sarflaydi, ham mablag‘ tejaladi. Eng avvalo, biz fuqarolarni masofadan ishlashga o‘rgatishimiz lozim. Uzoq hududlardan viloyat markaziga kelish shart emas. Kompyuter, internet orqali onlayn ishini bajarishi mumkin.
To‘lovlarni amalga oshirish uchun bank kassasi, bankomatlar ishlab turibdi. Bu yerda yana notarius, FHDYO bo‘limi, sug‘urta tashkiloti filiallari faoliyat ko‘rsatadi. Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasida fuqarolarning taklif va shikoyatlari ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, Toshkentda sinov tarzida yo‘lga qo‘yilgan “Surdo-online” platformasi ilk bor Qarshi shahrida o‘rnatildi. Ushbu tizim imkoniyati cheklangan shaxslarga davlat xizmatlaridan cheklanmagan tarzda, qulay va tezkor foydalanishga yordam beradi. Ushbu platforma orqali surdo tarjimonlik mutaxassisligiga ega yoshlar ish bilan ta’minlanmoqda.
Bu yerda Prezidentimiz odamlar talabidan kelib chiqib, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, mahallalar bilan onlayn bog‘lanib, aholiga qulaylik yaratish, mahallalarda markaz xizmatlarini tashkil etish, bu orqali odamlarning og‘irini yengil qilish bo‘yicha vazifalar berdi.
Bunday markazlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlardan odamlarning xabardorligini oshirib, keng foydalanishga o‘rgatish muhimligini ta’kidladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |