Namangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazoqov haftaning har chorshanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tinglamoqda. Yangi, istiqbolli loyihalar bilan tanishmoqda.
Bugun bo‘lib o‘tgan avbatdagi “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi avvalida oldingi muloqotlarda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama etildi. Muammoli masalalar yechimi ko‘rib chiqildi.
Hokimlik axborot xizmatiga ko‘ra, hozirga qadar viloyat rahbarining kichik biznes vakillari bilan o‘tkazgan muloqotlari mobaynida jami 117 murojaat kelib tushgan.
Jumladan, 61 murojaat ijobiy hal etilishiga erishildi. Ayni paytda ishbilarmonlar tomonidan ko‘tarilgan 56 masala yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda 30 nafardan ziyod ishbilarmon biznes loyihalari, faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlar bo‘yicha hokimga murojaat bilan chiqdi.
Bundan tashqari imtiyozli bank krediti, yer ajratish va kommunal xizmatlar ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham tinglandi. Shavkat Abdurazzoqov har bir murojaat doimiy nazoratda ekani, ijrosini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |